Dastavval bu protsessor matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan
atalgan bo`lsa, keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun
kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad,
keyingi yillarda ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia
(ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama
barkamollik darajasiga
ko`tarish, multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta‘minlashdan iborat. Bu
amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli
grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va
qo`shish amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni
tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik
soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq
masalalarni yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har
tomonlama ustunligini ko`rsatadi. Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu
programmalar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt
xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4
Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko`proq bo`lgan programmalarni,
xususan WINDOWS 3.1,3.11 programmalarini ishlatish mumkin.
WINDOWS
95 ni to`laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli
kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion sistemasida ishlash uchun,
Foto‗Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon programmalarini ishlatish
uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar
lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va programma mahsulotlarini
paydo‗bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi. Doimiy xotira. Kompyuterlarda
berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input-
Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud.
Bunday
xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only
Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira
kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini boshlanQich
yuklanishini
ta‘minlash,
qurilmalarga
xizmat
ko`rsatishning
asosiy
funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Kesh xotira. Kesh xotira
kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va
mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish
tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun
kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada
saqlab turadi. Mikroprotsessorning
xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli
programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada
qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira
bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh
xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi. Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga
Videoma‘lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni
aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy
egallaydi. Shuning uchun Videoxotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi
albatta. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar
mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar
mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb
ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan
aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir
qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning
elektron sxemasi elektron
plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi
kompyuterlar ta‘mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiqish
va o`zgartirish imkoniyatini beradi. Sistema platasi kompyuterning asosiy
platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira,
shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba‘zi bir qurilmalar, ishni
boshqaruvchi elektron sxemalar,
klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham
joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda.
Bunday shinalarning ma‘lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali
kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Kompyuterda kiritish-
chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa
qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va
boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari
parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer
va COM portga faks-modem,
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni
tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u
televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar.
Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman
aytganda zararli, shuning uchun ham ba‘zi kompyuterlarda past radiatsiya
(Lower adiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga
ta‘siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi
yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER VideoGrafic Adapter-katta
Videografik adapter) monitorlarda nurlarning ta‘sirini ancha kamaytirilishiga
erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning
tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va
vertikalidagi nuqtala soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash
qobiliyati 800×600, 15 dyymli monitorda 1024×768, 17
dyymli monitorda
1280×1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600×1200. Bundan tashqari,
monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar
(nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800×600 ga
teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan
monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez
ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez
ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari
ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: