6-mavzu. Umumiy qoidalar. Yo‘l harakati qoidalarining tarixi. Reja: 1. YHQ fanini maqsadi va vazifalari.
2. Umumiy qoidalar.
3. Asosiy tushuncha va atamalar.
Usbu Yo'l harakati qoidalari (keyingi o'rinlarda - "Qoidalar" deb ataladi) respublika hududidagi yo'llarda harakatlanishning yagona tartibini belgilaydi.
1.2 O'zbekiston Respublikasi yo'llarida transport vositalarining o'ng taraflama harakatlanish tartibi belgilangan.
1.3 Yo'l harakati qatnashchilari "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo'l belgilari (1-ilova), qatnov qismidagi chiziqlar (2-ilova)ning o'zlariga tegishli bo'lgan talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, o'zlariga berilgan huquq doirasida yo'llarda harakatni boshqarayotgan tartibga soluvchilarning ko'rsatmalarini so'zsiz bajarishlari shart.
1.4 Yo'l harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tug'dirmasligi kerak. Vakolati bo'lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo'l qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yo'l belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o'zboshimchalik bilan olib tashlash, o'rnatish, to'sib qo'yish, shikastlantirish, yo'llarda harakatlanishga to'sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.
Harakatga to'sqinliq tug'dirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni ko'rishi, agarda buning iloji bo'lmasa, o'zida bo'lgan barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va militsiyaga xabar berishi shart.
1.5 Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka tortiladilar.
Aholi yashaydigan joy-Kirish va chiqish yo'llari 5.22 - 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
Chorraha-Yo'lning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari ohiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burila boshlagan joylarini tutashuvchi hayoliy chiziqlan bilan aniqlanadi.Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.Yo'l harakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha deb hisoblanadi.Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorraha tartibga solimanagan chorraha deb hisoblanadi.
Haydovchi-Yo'llarda biron-bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs.Boshqarishni o'rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni etaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar ham haydovchiga tenglashtiriladi.
Moped-Ish hajmi 50 santimetr kubgacha bo'lgan yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan, eng yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch gildirakli transport vositasi.Osma yurgizgichli velosipedlar va yuqoridagi ta'rifga ega bo'lgan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi.
Motosikl-Kajavali yoki kajavasiz ikki g'ildirakli mexanik transport vositasi.Yuklanmangan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch g'ildirakli mexanik transport vositalari ham motisikllarga tenglashtiriladi.
Piyoda-Yo'lda transport vositasidan tashqarida bo'lgan va ish bilan band bo'lmagan shaxs.Velosiped, moped, motosikl va chana etaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib ketayotgan, nogironlarning yugizgichsiz aravasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.