10-mavzu. Transport vositasidan foydalanishga imkon berish shart bo‘lgan holatlar. Reja: 1. Avtomagistralda harakatlanish tartibi
2. Avtomagistralda taqiqlangan harakatlanishlar
3. Belgilangan yo`nalishli transport vositalari imtiyozi
Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
-piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi;
-ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi bo'laklardan boshqa bo'laklarda harakatlanishi;
-ajratuvchi bo'lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;
-orqaga harakatlanish;
-transport vositasini o'rganish uchun boshqarish.
Tramvay yo'li chorrahadan boshqa joylarda yo'l qatnov qismini kesib o'tadigan bo'lsa, tramvyj rel'ssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo'ladi (depodan chiqish joylaridan tashqari).
Agar bu bo'lak yo'l qatnov qismining boshqa joyidan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu bo'lakka qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.
Aholi yashaydigan joylarda bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga haydovchilar yo'l berishlari kerak. O'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari ularga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
1.1. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
Vaqt: 80 daqiqa
O`quvchilar soni: _____ nafar
O`quv mashg`ulotining shakli va turi:
Nazariy - yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’ulot.
O`quv-mashgulotining rejasi
1. Transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi shartlar
10 min
2. Harakatni boshlash tartibi
20 min
3. Yo’nalishni o’zgartirish (qayta tizilish).
20 min
4. Chorrahadan tashqarida chapga burilish, qayrilib olish. Qayrilib olish taqiqlangan joylar