O'qituvchi: Ernazarov A. E. Reja


Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra



Yüklə 19,19 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü19,19 Kb.
#200287
1   2   3   4   5
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratish texnologiyasi

Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra
Texnik (texnologik) jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma’muriy) boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o‘zaro farqlanadi. Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma’noda boshqarish-ga (raketa, stanok va hokazolarni boshqa-rish), ikkinchisi – ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega ob’ektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy farqi boshqarish ob’ektining mazmunida. Birinchi holda – bu turli xil mashina, asbob-uskuna, qurilmalar bo‘lsa, ikkinchisida – eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi. Boshqa bir farqi – axborot uzatish shaklida. Birinchi tizimlarda axborot uzatishning asosiy shakllari bo‘lib turli xil signallar (elektrik, optik, mexanik va hokazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli – hujjatdir.
Axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: mashinasozlik majmui, yoqilg‘i – energetika majmui, transport majmui, metallurgiya majmui, kimyo-o‘rmon majmui, transport majmui, metallurgiya majmui.
Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va faxrli maishiy hayoti, savdo va umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
Qo‘llanish sohasi bo‘yicha
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muxrfaza etish organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish.
Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘na-lishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va xokazo.
Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi.
Mamlakat milliy iqtisodi ijtimoiy mahsulotni yaratish, iste’mol qilish yoki taqsimlashda ishtirok etuvchi iqtisodiy-tashkiliy ob’ektlarni (korxonalar, birlashmalar, konsernlar, va hokazolar) o‘zida aks ettiradiki, ular ham o‘z navbatida ishlab chiqarish va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish tizimlarida mahsulot yaratish, loyihani ish-lab chiqish, ilmiy qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining me’yorida ishlashini boshqarish tizimi ta’minlaydi, unda ishlab chiqarish sohasida bevosita ishtirok etmaydigan mutaxassislar band. Ular faoliyatining sohasi – ishlab chiqarish jarayonlarini tashkillashtirish va boshqarish, ular talab etadigan zahiralarni ta’minlashdan iborat.
Ishlab chiqarish tizimlari sinfini mahsulotning turli hayo-tiy sikli bosqichlariga muvofiq holda kichik sinflarga bo‘lish mumkin: ilmiy tadqiqot – loyihalash – ishlab chiqarish – sinovdan o‘tkazish.

Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashki-lotlarida fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiya-larning yangi avlodlarini yaratishda foydalani-ladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi stansiyalari lokal tizimlari va tadqiqotchi hamda konstruk-torlarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIU) kiradi.
Axborot texnologiyalarini ilmiy – tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik ishlarida, texnologik tayyorlashda qo‘llash ushbu sohalarning avtomatlashgan tizimlari yaratilishiga olib keladi.

Yüklə 19,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin