boshqaruv darajasi (oliy, o‘rta, quyi); boshqaruv ishi va davri kullanish sohasi (bank, jamg‘arma bozori va hokazo); boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo); Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtta nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to‘xtatishgacha bo‘lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AAT ning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi: Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mav-jud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AAT ga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqti-sodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish. Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyhalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiq avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AAT ning texnik loyihasini rasmiylashtirish. Qo‘llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dastur-larni ishlab chiqish va tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texno-logik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo‘llanma yo‘riqnoma-larni yaratish, qo‘llanma loyihani rasmiylashtirish. Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini kompleks tuzatish, xodimni o‘qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish. Ekspluatatsiya (kuzatib kuyish, modernizatsiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya, dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AAT ning ishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yig‘ish, xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash, AATni modernizatsiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish. Axborot tizimining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy siklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti – vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o‘zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va hujjatlar to‘plami shakllanadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT