O’qituvchi ish faoliyatida fikrni ifodalash usullari


Muhokama. - Ma`lum bir masala yuzasidan ko’pchilikni fikrini to’plashni, ma`lum to’xtamlarga kelishni anglatadi. Munozara. -



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə2/4
tarix06.04.2023
ölçüsü66,5 Kb.
#94170
1   2   3   4
fikrni ifodalash yo\'llari

Muhokama. - Ma`lum bir masala yuzasidan ko’pchilikni fikrini to’plashni, ma`lum to’xtamlarga kelishni anglatadi.
Munozara. - Biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini anglatadi. Baxs jarayonida har bir ishtirokchi o’zining haq ekanligini isbotlashga intiladi.
Notiqona so’zlash. Aytilayotgan fikrning tinglovchiga etib borishi va uning xulqiga ta`sir etishi notiqning so’zlash mahoratiga bog’liqdir. Notiqona nutqni maqsadi va xususiyatlariga ko’ra tashvikiy, tanqidiy, tabrik nutqlariga ajratish mumkin.
Tashvikiy nutq deb muallif ko’zda tutgan biron voqea-hodisani bajarishga tiinglovchilarni da`vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi. Tashvikiy nutqda xalq xayotidan, tarixidan, odat, udumlardan va barcha vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Tanqidiy nutq yuz bergan hodisalar, shaxslarning xatti-harakatlariga e`tirozli munosabatda bo’luvchi nutq tanqidiy nutq deyiladi.
Tabrik nutqi to’ylarda, tantanalarda, yubileylarda, tug’ilgan kunlarda so’zlanadigan nutq tabrik nutqidir. Tabrik nutqi shaxs va hodisalarning yaxshi xususiyatlarini ko’rsatishga, ularni maktashga qaratilgan bo’ladi.
Fikrni yozma bayon etish.
Bayon berilgan matn mazmunini o’z so’zlari bilan qayta yozishdir. Bayonda berilgan matn asosida yangi matn yaratiladi.
Saylanma bayon. Berilgan matndan ma`lum mavzuga mos saylab foydalanib yozilgan bayon saylanma bayon deyiladi. Tuliq bayon etilganda, uning kerakli joylari haqida gapiriladi, holos.
Konspekt bayonning ko’rinishlaridan biridir. Konspekt 3 xil bo’ladi: tuliq, qisqa, tezisli. To’liq konspektda matnning mazmuni muallif fikrlariga ba`zi bir izohlovchi gaplar kiritilishi orqali keng bayon qilib beriladi. Qisqa konspektda matndagi eng muhim deb hisoblangan fikrlar bayon etiladi. Tezisli konspekt manbaning asosiy qoidalarini, eng muhim fikrlarini ajratib olishdir.
Siqiq xulosa ma`ruza yoki boshqa asarlarda keng va atroflicha dalillar bilan bayon etilgan fikrlarning 3-4 gapli yakunidir.

Yüklə 66,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin