Annotatsiya. Badiiy, ilmiy, metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda ko’tarilgan asosiy masalani ko’rsatishga qaratilgan qisqa xabardir.
Otziv (fikr) saylanma bayonning yana bir turi otzivdir. U badiiy, ilmiy, metodik va boshqa asarlarga berilgan bahodir.
Referat. Biror ilmiy, metodik, pedagogik mavzudagi asarning qisqacha mazmuni haqidagi bayon referat hisoblanadi.
Sharh (obzor) referat ilmiy va boshqa asarlarga sharh berish, ya`ni uning umumiy xususiyatlarini qisqacha bayon qilib berishni ko’zda tutadi.
Biografiya va avtobiografiya. Kishilarning hayoti va faoliyati haqida ma`lumot beruvchi bayon biografiya deyiladi.
Tavsifnoma kishilarning ijtimoiy faoliyati, jamiyatda tutgan o’rni haqidagi muhokama tarzida aytilgan yoki yozilgan bayon tavsifnoma deyiladi.
Intervyu. Matbuotda e`lon qilish, radio eshittirish yoki televideniyeda foydalanish uchun muxbirlarni biror kishi bilan o’tkazgan suhbati, shu suhbatning matbuotda e`lon qilingan matni intervyu deb ataladi.
Ma`ruza. “Ma`ruza” so’zi odatda, ikki ma`noda ishlatiladi:
1. Rahbar yoki boshlikka og’zaki yoxud yozma berilgan axborot.
2. Biror mavzu yuzasidan jamoatchilik oldida berilgan axborot.
Leksiya. Oliy o’quv yurtlarida, omma oldida biror mavzu yuzasidan bayon tarzda o’tkaziladigan dars yohud mashg’ulotdir. Shu mashg’ulotda tinglangan nutq ham leksiya deb yuritiladi.
Leksiya ikki xil:
1. Monolog leksiya. 2. Dialog leksiya. Monolog leksiyada notiq ma`lum mavzu bo’yicha o’zi bilgan narsalar haqida so’zlaydi. Dialog leksiya tinglovchilarning faol ishtirokida o’tadi.
Hisobot. Xizmatga doir ma`lumot va mulohazalardan iborat hujjat bo’lib, unda biror yumush, biror soha bo’yicha qilingan ishlar haqida xabar beriladi.
Maktub. Bir kishining boshqa bir kishiga ma`lum qilgan o’z axvoli, ichki kechinmalari yoki yuz bergan voqea-hodisalar haqidagi xabaridir.