Fitaratning ushbu fikrlari xali ham Oz ahamiyatini yo’qotmagan. Sababi, bugun ham jamiyatimizda bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga kOp pul sarflayotgan kimsalar xali ham mavjud. Iqtisodiy savodsizlik ko’plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishini ham muallif alohida tahkidlaydi. Masalan, hamma pul tOyga sarflangandan keyin yosh oilalar ro’zgor tebratishga qiynaladi. Qarz-xavola qilib o’tkazilgan to’yni qarzlari tolanadimi yoki rozgor tebratiladimi. Bu kabi muammolar bugun ham yo’q emas.

Umuman olganda, Fitratning “Oila” asari tom mahnoda yosh avlod uchun hayotiy qo’llanma bo’luvchi tarbiyaviy asardir. Lekin unda pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov uslubi ustun. Fitrat uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan mustahkam bogliq. Turkiston va turkistonlikni ozod ko’rish, yahni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. Uni o’qigan kishi nafaqat axloqiy fazilatlar nimalardan iborat va ularga qanday erishish kerakligini, balki milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nima-yu, uni qanday qilib qo’lga kiritish mumkinligini anglab oladi. SHu bois mutafakkir-jadid Abdurauf Fitratning “Oila” asari Turkiston milliy Uygonishida benihoya katta rol o’ynadi, deyish mumkin. Ayni paytda u hozir ham o’z ahamiyatini yOqotmagan ajoyib axloqiy-mahrifiy risola sifatida alohida ehtiborga molik.
Fitratning axloqiy qarashlarining dolzarbligi shundaki u o’z davrini axloqiy hayotini o’zgartirmoqchi va insonlarni o’z davrining milliy ozodlik goyasiga chorlaydi. Uning bizga qoldirgan merosi chinakamiga bizning amaliy faoliyatimizga to’gri keladigan axloqiy ongimizni, o’zimizni tutishimiz, xatti-harakatlarimiz, muomala odoblarimizni yaxshilash va boyitishga katta xissa qo’shadi. Fitratnig “Oila” asari o’z davrining va bugungi kun insoniyatining mahnaviy dunyosini boyitishda katta rol o’ynaydi.