O'qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi



Yüklə 33,77 Kb.
səhifə2/2
tarix22.05.2023
ölçüsü33,77 Kb.
#119179
1   2
mustaqil ish opa 1

Uchinchidan, pedagogik muloqotda o’qituvchining ma’naviy-axloqiy
normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo’lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi,
muloqotning barcha bosqichlarida o’qituvchining o’z faoliyatidan qoniqish hissini
xotirjamligini ta’minlaydi.
O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini
shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. O’quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy
xususiyatlarini o’rganishi. O’quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil
qilish, har tomonlama tavsif berish, o’qituvchining muloqotni to’g’ri tashkil etishi
asosida amalga oshadi.
2. Shaxsiy muloqotda ro’y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol
ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotdaqo’pollik, mensimaslik
va boshqa salbiy holatlarni engish.
3. O’qituvchi o’zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo’lgan uslublarini
ishlab chiqishga doir faoliyatni ishlab chiqishi va o’z-o’zini kuzatish bilan yutuq va
kamchiliklarni taqqoslash.

  1. O’zining muloqot madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an’ana va

ma’naviyatimizga xos jihatlardan unumli foydalanish.

  1. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga

chiqmaslik, bu uslubni mustahkamlash (pedagogik amaliyot va malaka oshirish jarayonida).
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o’qituvchilar o’z kasbiy
mahoratlarini oshirish maqsadida o’quvchilar bilan muloqot madaniyatini
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati
o’qituvchi va o’quvchilarning bevosita o’zaro munosabatini ma’lum bir maqsad
sari hamjihatlikka yo’naltiruvchi kuchdir. Bu o’rinda o’qituvchi quyidagi
vaziyatlarni e’tiborga olishini alohida ta’kidlash lozim:
- O’qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga
rioya qilishi, bu jarayonda o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi bilan har kungi
muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so’z ohangiga
e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o’zlashtirishi;
- Muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o’quvchilar
xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini
qiyoslab chiqib baho berish;

- O’z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib,


kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so’z, ovozdagi yoqimli ohang,
hulq-atvorni vujudga keltirish;
- Pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning
shart-sharoitlarini bilib olishning o’zi kifoya qilmaydi, o’quvchilar bilan o’zaro
muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o’zaro fikr
almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining
diqqatini o’ziga jalb qilish;

- Muloqot ob’ekti, ya’ni o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qilish deganda


nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o’qituvchi o’zining xushmuomalaligi,
madaniyati, go’zal xulqi, muloqotda o’quvchilar qalbiga yo’l topa olishi bilan o’z
mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga
ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olishidir.
Ko’rsatib o’tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko’rsatish uchun
o’qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga,
dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu fazilatlar
o’qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o’quvchilar
bilan aniq maqsadni ko’zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni
boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir. Kasbiy faoliyatning noyob fazilati
bo’lmish pedagogik muloqot madaniyatiga amal qiladigan yosh o’qituvchi
quyidagi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirishi lozim:
- Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo’lgan
yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz
ideallari, milliy g’oya va mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg’ulari
shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
- O’quvchilarga samimiy mehr-muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari,
qiziqishlari, hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko’nikmasi va
malakasining shakllanganligi;
- Jamiyatda ro’y berayotgan hodisalar, jahonda ro’y berayotgan voqealar,
tabiatga,borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan
pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining mavjudligi;
- Pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning hatti-harakatlari,
munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o’z faoliyatiga nisbatan
refleksiv munosabatni tarkib toptirish;
- Har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro’y berayotgan
yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlarga omilkorlik va aql
idrok bilan munosabatda bo’lish, o’z oldiga to’g’ri maqsad qo’ya olish, reja tuzish,
bevosita nazorat qilish, boshqarish va o’z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
- Pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy
munosabatlarda, ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik
qobiliyatini namoyish etishi;
- Dunyoqarashi va tafakkur ko’lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni
bilishga nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilliligi,
muayyan ilmiy salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib
borishi;
- o’quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan
ixcham, ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o’tkazish bilan
qurollanganligi.
Har bir o’qituvchi uchun o’quvchilarga to’g’ri, omilkor axborot uzatish va
unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda
o’qituvchining muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim
ahamiyatga ega. O’qituvchining pedagogik faoliyati uzluksizdir, shu sababli u
muloqot madaniyatini ham muntazam shakllantirib borishida quyidagi
yo’nalishlarga e’tibor berishi lozim:
1. Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o’z-o’zini anglashi,
(muomalada o’zining o’zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif
tomonlarini bilishi) va shu asosda o’zaro fikr almashish yo’li bilan o’z-o’zini
tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o’zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib
borishi, muloqot asosida to’g’ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi,
muloqotda o’zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o’qituvchilar
jamoasi, o’quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv
tasavvurlarini tahlil qilishi.
3. O’zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish
yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O’quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli
jamoat ishlarini olib borishi, bunda o’zaro fikr almashish asosida pedagogik
tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo’ladigan salbiy holatlarni engish
ko’nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan
vaziyatlar tizimini yaratishi.
O’qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham,
o’quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo’lishi
tabiiy hol. Har qanday tajribali o’qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida
o’ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. Sinfda sodir bo’ladigan har qanday
pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o’qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik
faoliyatida namoyon bo’ladigan tipik hodisa.

Ayniqsa, ushbu holat endigina o’z faoliyatini boshlagan yosh


o’qituvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh
o’qituvchilarning o’quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini 
doimiy nazorat qilish, ularga to’g’ri yo’nalish berish, barcha o’quv muassasalari
pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o’qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. 
Pedagogik faoliyatda xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadigan o’qituvchining 
yoshiga va ish tajribasi ko’lamiga odatda o’quvchilar hech qachon e’tibor 
bermaydilar. Chunki, o’quvchilar yoshidan va tajribasidan qat’iy nazar barcha 
o’qituvchilarni ustoz deb ataydilar. O’zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik 
muloqotning o’ziga xos an’analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari 
mavjud.
O’qituvchi o’quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin 
bo’lgan turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o’z 
iqtidoriga, pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida 
erishiladigan yutuqlar o’qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Bu mehnatning
salbiy va ijobiy tomonlari bo’lishi shubhasiz. Faqat har bir vaziyatni oqilona 
baholash, uni to’g’ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan 
muloqotni tashkil etishning o’zi kifoya.
O’qituvchi bilan o’quvchining muloqotda bir-birlarini o’zaro tushunmasliklari,
muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o’quvchining ruhiyatiga qarab
muomala qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy itoatkorlik munosabati,
o’quvchilarni tor doiradagi intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan 
salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi muloqot doimiy ziddiyatlarni keltirib 
chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish
uchun, har bir o’qituvchi o’zining muammolaridan, yo’l qo’yilgan 
kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi 
lozim.

Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo’nalishini 


mavjud pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot 
ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko’maklashuvchi uning shaxsiy 
hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi vositalardan foydalanish taklif 
qilinadi. Muloqotga ba’zi o’quvchilarning sub’ektiv qarashlarini aniqlash, shu 
o’quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi zarur bo’lgan vazifalarni belgilash, 
uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.
Mazkur vaziyatlarda o’zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi 
quyidagicha belgilanishi mumkin:
Muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi ob’ektning javob harakati imkoniyatlarini
oldindan ko’ra bilish;
Ob’ektda psixologik to’siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqaruvchi vositalarni 
qo’lga kiritish;
Vaziyatning o’zgarishiga qarab foydalanish mumkin muloqotlarning bir nechta
modeliga ega bo’lish;
O’quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo’shilish, ularga
hamdardlik ko’nikmasini rivojlantirib borish;

O’zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda 



kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o’qituvchining shaxsi, 
uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo’ladigan g’oyaviy 
siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog’liq. 
Bu asosiy hislatlardan tashqari o’qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning 
moyilligi xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, to’plangan tajribasi 
muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi shaxsining professional jihatlarini
o’z-o’zini tarbiyalash yo’llaridan biri o’zining sifat va hislatlarini, shuningdek
pedagogik faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o’qituvchi
bilimining saviyasi va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil 
qilishga doir mashqlarda ham namoyon bo’ladi. 
Yüklə 33,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin