7
Adabiy til – hamma birdek foydalanadigan til.
Uning umumxalqiyligi
shunda ko`rinadi. Me’yor ma’lum bir til jamoasi uchun mustahkam qo`llanib
kelayotgan lisoniy hodisalar yig`indisidir.
1.
Fonetik me’yori.
2.
Talaffuz me’yori.
3.
So`z yasash me’yori.
4.
Morfologik me’yor.
5.
Sintaktik me’yor.
6.
Uslubiy me’yor.
7.
Lug`viy me’yor.
Til me’yorining fonetika, grammatika va
boshqalarda bir variantni
tanlash qandaydir darajada qat’iy bo`lsa ham, lug`aviy me’yorlar haqida gap
ketganda voz kechish kerak deb bo`lmaydi.
Tilning lug`aviy boyligidan foydalanganda me’yorning
imkoniyati
muallifga takrorni, bir xillikni yengishda chiroyli nutq tuzishda qo`l keladi.
Nutqning to`g`riligi uning adabiy me’yorlariga mosligidir. Nutq o`zida
adabiy
tilning fonetik talaffuz, lug`aviy so`z yasalishi Grammatik uslubiy me’yorlarini
mujassamlashtirgan bo`ladi. Nutqning to`g`riligi uning eng aloqaviy fazilatidir.
Talaffuz me’yorlari
. Nutq shaxsiy hodisa. Agar so`zlovchi adabiy
me’yorlarini kishi egallamagan bo`lsa yoki o`z shevasi bergan shaxsiy
variantni
afzal deb qarasa, uning puxta adabiy me’yordan cheklanishi mumkin.
O`zbek tili xususiyat jihatidan uch lahzadan iborat.
Kelishik me’yorlari. Adabiy tilimizda ―kuchli‖ va ―kuchsiz‖ me’yorlari
bor.
Kuchli me’yorlar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt
amalgam oshiriladi.
Kuchsiz me’yorlar og`zaki nutqida ham e’tibor berilishi oqibatida yuzaga
keladi.
O`zbek tilining qorluq lahjasidagi maxsus shahar shevalarda qaratqich va
tushum kelishiklari bir xil ko`rsatkichga ega, ya’ni 2 kelishik uchun ham –ni
xizmat qiladi.
Qaratqich-qaralmish aloqasida xoslik ma’nosi ifodalanishida ba’zi bir
o`zgacha sharoitlarda qaratqich ko`rsatkichi ishlatilmaydi. Masalan: O`zbek
tili, shahar kengashi, bahor fasli.
Turli sabablarga ko`ra kelishik joylarini almashtirib ishlatish, ya’ni
hamma hollarda ham hozirgi zamon o`zbek tili normalarini buzish hisoblanadi.
Birlarni bee’tiqod.
Birlarni riyo ko`rdim.
Tushum kelishigi affiksini vazn
talabi bilan tushirib qoldirsa, she’rda
g`alizlikni hosil qiladi:
Quloq soling alvon-alvon so`zlarga,
Karvon yurar olsiz to`la tuzlarga,
Uyga keeling, ikki birday miyani
8
Urush janjal kim qo`yibdi sizlarga.
Turkiy xalqlarning ba’zilari tilida jo`nalish kelishigi o`rnida
ayrim
hollarda o`rin-payt kelishigidan foydalanish uchraydi.
Suratda ra’nosan o`zing, men mubtalo qayda boray?
Egalik qo`simchasidan foydalanish me’yorlari.
Egalikning ifodalanmasligi birinchi shaxsga qarashli predmet boshqasi
bilan qiyoslanganda ham yuz berishi mumkin. Masalan: Ombizning oti yuz km
yo`lni ham pisand qilmaydi.
Egalikdan foydalanish me’yorlariga zid holda egalik qo`shimchasini
tushirish hollari og`zaki nutqda ko`zga tashlanmoqda. Masalan: mehnatkashlar
tovushi.
Nazorat savollari:
1.
Nutq madaniyati nima?
2.
Nutq madaniyati fani predmeti nima?
3.
Nutq qanday turlarga bo`linadi?
Tayanch iboralar.
Nutq madaniyati, nutq madaniyati fani predmeti, ichki nutq, tashqi nutq,
og`zaki va yozma nutq.
Adabiyotlar:
1.
Barkamol avlod orzusi. T., ―Sharq‖, 1999.
2.
I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir. T., ―O`zbekiston‖, 2000.
3.
N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.
4.
R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T.,
―O`qituvchi‖, 1992.
5.
A.G`ulomov,
B.Qobilova.
Nutq
o`stirish
mashg`ulotlari.
T.,
―O`qituvchi‖, 1995.
Dostları ilə paylaş: