5
R e j a :
1.
―Nutq madaniyati‖ tushunchasi.
2.
Nutq madaniyati predmeti.
3.
Nutq turlari haqida tushuncha.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ―Fidokor‖ gazetasi muxbiri
savollariga javob berar ekan, jamiyatimizning mohiyati xususida shunday
deydi:
“Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy
qadriyatlarimizga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor
beradi”
. Ana shu ma’naviy va axloqiy qadriyatlar inson tafakkuri, nutqiy
madaniyati bilan chambarchas bog`liqdir. Zero jamiyat madaniyati nutqiy
madaniyatsiz bo`lmaydi. ―O`z fikrini mutlaqo mustaqil. Ona tilida ravon,
go`zal va lo`nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni,
avvalambor, rahbar
kursida o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin‖. (I.A.Karimov.
Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori).
Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq ya’ni talaffuz urg`u, so`z
ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tolning tasviriy
vositalardan har xil sharoitlarga mos va maqsadga
muvofiq foydalana olish,
ifodali o`qish va so`zlay olish madaniyatini egallash demakdir.
Nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo
mavjud til faktlari, ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko`rinishlari
va talablari bilan aloqadordir. Mana shunga ko`ra nutq madaniyati:
1)
tildagi mavjud til hodisasi nomi;
2)
nutq madaniyati talablariga javob beruvchi aniq nutqiy jarayonning,
ya’ni aniq nutqiy ko`rinishning nomi;
3)
madaniy nutq va u haqida kishilar ongida mavjud bo`lgan aniq
normatik tasavvurlarning nomi;
4)
tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot ob’yekti bo`lgan nutq madaniyati va u
haqida mavjud ilmiy tasavvurlarning, muammoning nomi;
5)
nutq madaniyati muammosini tadqi qilish bilan shug`ullanadigan
tilshunoslik sohasining nomi tarzida talqin qilish mumkin.
Nutq madaniyati amaliy jihatdan nutqning
xilma-xil muammolarini
tadqiq qiluvchi fan bo`lib, chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til
normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin
bo`lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko`rinishlari, nutqning
talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.
Nutq madaniyati asoslari ham fan sifatida o`z tekshirish ob`yekti va
vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti til qurilishi, adabiy til normativlari
va nutqning kommunikativ fazilatlaridir.
Nutq madaniyati asoslari
fani adabiy til normalarini, uning tarixiyligini,
taraqqiy etib borishi, undagi ba’zi elementlarning eskirishi, yangilarining
paydo bo`lishini kuzatib qayd etib boradi.
6
Odam nutq yordamida o`zining fikrlari, his-tuyg`ulari,
istaklarini bayon
etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini anglab oladi.
Nutq ichki va tashqi ko`rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o`z ichida
gapiradigan passiv nutqi bo`lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi.
Shuning uchun ham bu nutq o`z-o`ziga qaratilgan nutq sanaladi. Ichki nutq
og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq
boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo`lgan faol nutq bo`lib, u
og`zaki va yozma ko`rinishlarga ega. Og`zaki nutq odatdagi tovushli
so`zlashuv nutqi bo`lib, bu nutq ko`proq ohang va turli imo-ishoralar bilan
aloqadordir. Unda murakkab Grammatik qurilmalardan foydalanilmaydi. Bu
nutqda fikrni ixcham ifodali maqsadida to`liqsiz gaplar keng qo`llaniladi.
Nutqning bu turi bir va bir necha kishi tomonidan amalgam oshiriladi.
(monologik, diologik nutq).
Yozma nutq esa harf va so`zlarning ma’lum qonuniyatlari asosida o`zaro
birikuvi,
tinish belgilari, har xil ajratishlar, abzatslar, paragraflar va gaplarni
grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon etish orqali ro`yobga chiqadi.
Ma’lum bir til tarixida amal qilgan, hozir mavjud bo`lgan va paydo
bo`lishi ko`zda tutilgan hodisalarning jami o`sha til tizimini tashkil etadi. Har
bir til sistemasi o`zigagina xos bo`lgan tomonlari
bilan boshqa tillardan
farqlanib turadi. Masalan, o`zbek tili turkey tillar oilasiga kiradi.
Sistema o`zaro ichki ziddiyatga ega bo`lgan hodisalarning guruhlanishiga
aytiladi. Til sistemalar sistemasi sanaladi.
Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo`lgan imkoniyatlarning
foydalanib kelinayotgan qismi
uzus
deyiladi.
Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigan shartlarni ham, tilning ichki
normalarini ham o`z ichiga oladi. Uzusli so`zlar yig`iq so`zlar yig`indisiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Dostları ilə paylaş: