2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Termiz davlat universiteti
Filologiya fakulteti
O’zbek tilshunosligi kafedrasi
O‘QITUVCHI
NUTQI MADANIYATI
(ma’ruza matnlari)
(nofilologik fakultet talabalari uchun)
Tuzuvchi:
O’qituvchi
Hamidov Abdumalik
Termiz – 2013
3
Ushbu ma’ruza matnlarida nutq madaniyatining
nazariy asoslari, amaliy
masalalari mavjud adabiyotlardan foydalangan holda yoritishga harakat qilingan.
Bunda bevosita o’qituvchining nutqiy faoliyatiga alohida urg’u berilgan. Nutq
madaniyatining
boshqa fanlar bilan munosabati, bog’liqligi ko’rsatib berilgan.
Nutqning asosiy kommunikativ sifatlari, o’qituvchi nutq
madaniyatining texnikasi
kabi masalalar bayon qilingan.
Taqrizchi: dots. B.Umurqulov, dots. B. Yoriyev
Ushbu ma’ruza matni Filologiya fаkultеti o’zbеk tilshunosligi kаfеdrаsining 2013-
yil ___- sеntyabr mаjlisidа tаsdiqlаngаn.
4
SO`Z BOSHI
Maktabda o`quvchilar nafaqat aniq va gumanitar fanlarning asoslarini
balkim
odamiylik, insoniylikning qonun-qoidalarini ham o`rganadilar.
Bolalarga uni singdirishda o`qituvchining o`rni nihoyatda kattadir. Shu
sababga ko`ra uzluksiz ta’lim tizimida o`qituvchi shaxsiga katta e’tibor
berilgan.
Talabalarning o`qituvchi sifatida takomil topishida o`qituvchining
o`rnini hech qaysi vosita bosa olmaydi. Ayniqsa, talabalarning nutqiy
malakalarini
shakllantirishda, dunyoni anglatishda o`qituvchi nutqining
ham o`ziga xos o`rni mavjud.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Ta’lim to`g`risidagi
qonun
talablari asosida bakalavr tayyorlash tizimini tubdan yaxshilashga jiddiy
e’tibor berilmoqda. Shunga ko`ra o`qituvchi
nutqi madaniyati kursi oliy
o`quv yurtlari dasturiga kiritildi.
Ushbu kurs bo’yicha keyingi davrda anchagina adabiyotlar nashr
etilgan bo’lib, bulardan T.Qudratovning