39
xizmat qiladi. Ijrochining jismoniy va ruhiy holatini
chiniqtiruvchi mashqlar
kompleksi nutq texnikasi deyiladi.
Nutq texnikasi, o`z ob’yekti va funktsiyasiga ko`ra to`rt muhim qismga
bo`linadi: ovoz, nafas artikulyatsiyasi va diktsiya.
Ovoz inson oily nerv sistemasining mahsuli bo`lib, uning manbai
tomoqda joylashgan tovush poychalaridir. Oliy nerv sistemasining muayyan
signali bilan
tovush paychalari titraydi, cho`ziladi, qisqaradi, g`oyat nafis
harakatlar
kompleksini bajaradi, natijada tovush paydo bo`ladi, tashqariga
chiqqunchga qadar turli qaytargich (rezenator) larga urilib chiqqan tovush ovoz
deyiladi.
Nutq so`zlash jarayonida ovozning balandlashi va pasayib turishi
modulyatsiya deb yuritiladi.
Ovoz
baland-pastligi, yo`g`on-ingichkaligiga qarab tepor, bariton, bas,
soprano, metstso-soprano, alt kabi turlarga bo`linadi.
Ovozning nutq, tovush doirasida va muayyan vaqt birligi davomida
tovlanishi ohang (intonatsiya) deyiladi.
Nafas nutq texnikasining muhim qismidir.
Nafas ovoz va nutqni
tinglovchiga yetkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Nafas uch turga –
ko`krak, qorin yoki o`rta va diafrag`mal nafas turlariga bo`linadi.
Artukulyatsiya deb, nutq a’zolarining faol, passiv, normal harakat
qilinishiga qarab artikulyatsiya yaxshi, yomon, normal bo`lishi mumkin.
Nutq so`zlanayotgan vaqtda nuqsonsiz bo`lgan artukulyatsiya normal
hisoblanadi. Ammo ifodali o`qish uchun uning o`zi kifoya qilmaydi.
Shunga
ko`ra
normal
artikulyatsiya
mashqlar
vositasida
takomillashtiriladi.
Artikulyatsiyani yaxshilash uchun o`tkaziladigan mashqlar artikulyatsion
gimnastika deyiladi. Ular quyidagilardir:
5.
Lab mashqlari
6.
Til mashqlari
7.
Jag` mashqlari
Diktsiya nutq mashqlarining talaffuz etish me’yorlaridir. Nutq
tovushlaridagi
nuqsonlarni bartaraf etish, talaffuzni aniq va yorqinlashtirish
maqsadida uyushtirilgan mashq diktsion mashq deyiladi.
Dostları ilə paylaş: