O‘qituvchi nutqi madaniyati


-ma’ruza O`QITUVCHINING NUTQ ODOBI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix19.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#145271
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
BHNPDB6vFll9yX7R

9-ma’ruza
O`QITUVCHINING NUTQ ODOBI 
 
R e j a: 
1.
Nutq odobi – ahloqni belgilovchi mezon. 
2.
Nutq texnikasi va ovozdan foydalanish. 
3.
O`qituvchi odobi – nutq odobi. 
Nutq odobi insonning ahloqini belgilovchi mezondir. Ahloq fan sifatida 
o`rta asrlarda yuzaga keldi. Kishining odobi, eng avvalo uning nutqida 
ko`rinadi. Nutq odobi – aytilishi zarur bo`lgan xabarlarni tinglovchiga hurmat 
qilgan holda, bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi: 
Paronimlarni bilish, ulardan tovush yaqinliklariga e’tibor berish; tor 
muhitda ishlatiladigan dialektalizm so`zlarning ma’nolari yaxshi anglatgan 
holda nutqqa kiritish. 
O`qituvchi o`z nutqidan keng foydalanadi. O`quvchilarga voqea 
hodisalar, shaxslar haqida ma’lumot berishda bu katta ahamiyat kasb etadi. 
O`qituvchilik kasbi bevosita ovoz xususiyatlari bilan bog`liq, yoqimli va 
jarangdor ovozga ega bo`lgan o`qituvchi o`z o`quvchilariga ovozining 
shiradorligi bilan ham ta’sir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun 
o`qituvchi o`z ovozini kuchini, yoqimliligini bilishi zarur. 
O`qituvchining ovozidan quyidagi xususiyatlar bo`lishi lozim. 
-
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); 
Asarlarning ayrim parchalari darsda hikoya qilib beriladi. Hikoya qilib 
berishda voqealar batafsil yoki ma’lum qisqartirishlar bilan bayon etilishi 
mumkin. 
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o`quvchiga yetkazishda 
qo`llanadigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko`rinishda bo`lganda uni 
texnikasini ham ikki xil ko`rsatish mumkin: 
1.
Og`zaki nutq texnikasi. 
2.
Yozma nutq texnikasi. 
Og`zaki nutq texnikasi tovush, bo`g`in, so`zlarni, uning shakllarini talaffuz 
etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni 
anglatadi. Bunga ovozdan foydalanish tovush fazilati sifatida yorqin ifodalash 
qobiliyati bilan nutq faoliyatining ma’nosi bilan, nutq ishlatilayotgan so`z 
ma’nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi. Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi 
bo`lgan nutq predmetining yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlasa va o`zi 


43 
tanlagan so`zlarning ma’nolariga vazifalar yuksala, nutqning aniq bo`lishi 
muqarrardir. 
Nutqning sifati ma’nosidan aniqligining o`zi nimalardan iborat? Aniqlikni 
―nutq borlik‖, nutq – tafakkur munosabatlari asosida aniqlasa bo`ladi. 
Ish qog`ozlarga xos bo`lgan xususiyatlar. 
Yozma nutq ham huddi og`zaki nutq kabi tinglovchi uchun yaratiladi. Uning 
qulayligidan, o`quvchiga tez va butun mohiyati bilan yetib borishidan yozuvchi 
ham, o`quvchiga ham minnatdor. Shuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi 
quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
a) har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, 
har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo`lishi, yorqin fikr anglatishi 
kerak; 
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo`lgan 
darajasi); 
- havodorlik (erkin so`zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo`lish); 
-
ixchamlik va harakatchanlik; 
-
chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo`lish); 
-
moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikani eshitilish sharoitida 
moslasha olish); 
-
qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik; 
-
suggestivlik (ovozni hayajon ifodalash va bu orqali tinglovchining 
hulqiga ta’sir qilish xususiyati. 
c)
ma’lum bir fikr bayon etilgandan so`ng, nutqni tarkibiy qismi bo`lgan 
boshqa fikr xat boshidan boshlanishi zarur. 
Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog`langan bo`lishi lozim. 
d)
Dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsni gapi teri 
orqali yoziladi; 
e)
ko`chirma gaplar, ko`chirmalar, o`z ma’nosida ishlatilmagan so`zlar, 
birikmalar qo`shtirnoq ichiga olinadi; 
f)
nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy 
qismi hisoblanmaydigan narsalar teri yoki qavs bilan ajratiladi; 
g)
ot kesim, izohlovchi, undalma, ajratiladigan bo`laklar tegishli tinish 
belgilari bilan ajratiladi; 
h)
nutqning xat boshidan yirik qismlarga boblarga bo`lib ko`rsatiladi. 
Ish qog`ozlarga ham yozma nutq hisoblanadi. 
Ularning yozilishi ham nutqqa xos umumiy talablardan chetga 
chiqmaydi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin