37
Notiqlik
Aytilayotgan fikrning tinglovchiga yetib borishi va uning ruhi hamda
xulqiga ta’sir etish notiqlik san’atiga bog`liq.
Notiqona nutq maqsadi va xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga
ajratiladi:
a)
tashviqiy nutq
b)
tanqidiy nutq
c)
tabrik nutqi.
1.
Tashviqiy nutq
deb muallif ko`zda tutgan biron voqea-hodisani
bajarishga tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi.
Tashviqiy nutq oldiga qo`yilgan talablar:
a)
mavzudan chetga chiqmaslik
b)
mavzu mohiyatini to`la ochib berish
c)
mavzu dolzarbligini uqtira olish.
d)
Nutqning ta’sirchanligini oshira olish.
e)
Ko`chirma va misollarni o`rinli keltira olish.
2.
Tanqidiy nutq.
Yuz
bergan hodisalar, shaxslar hatti-harakatlariga e’tirozli munosabatda
bo`luvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi.
Tanqidiy nutq oldiga qo`yilgan talablar:
a)
yuz bergan voqea-hodisalarning mohiyatini ochib berish;
b)
tanqid uchun dalillarning yetarli bo`lishi;
c)
notiqning o`ta hayajonlanib ketmasligi;
d)
haqiqatdan chetlanmaslik;
e)
kishi shaxsiga tegmaslik;
f)
nutq shaklining
jozibadorligi, ohangdorligi.
To`ylarda, tantanalarda, yubileylarda, tug`ilgan kunlarda so`zlanadigan
nutq tabrik nutqidir. Bu nutq oldiga qo`yilgan talablar.
a)
tabriklanuvchi
shaxsning
ijodi,
hayoti,
fazilatlaridan
asosiy
ma’lumotlarni berish;
b)
nutqning ixcham, jozibador, ohangdor bo`lishi;
c)
nutqning til vositalariga boy, shaklan qiziqarli bo`lishi.
Til – ma’lum kishilar jamoasi a’zolarining
muloqoti uchun muhim va
asosiy vosita hisoblangan o`ziga xos belgilar sistemalaridan biri bo`lib,
jamiyatda tafakkurning rivojlanishi uchun, madaniy tarixiy an’analarni
avloddan-avlodga yetkazish uchun xizmat qiladi.
Nutq – ifodalangan ma’lumot talabiga mos holda til qoidalari asosida
tuzilgan til belgilarining tartibidir.
Matn – u yoki bu holda tugallangan mazmun va nutqning birligini o`zida
shakllantirgan hamda ifodalangan og`zaki yoki yozma asarga aytiladi.
38
Fikrni og`zaki bayon etganda o`qituvchi suhbat, muhokama,
munozara
usullaridan foydalanadi.
Fikrni yozma bayon qilish bayon, saylanma bayon, konspekt, referat,
sharh
biologiyasi, avtibiografiya, tavsifnoma, intervyu, ma’ruza,
lektsiya,
hisobot, maktub, kundalik kabi shakllardan iborat.
Nazorat savollari.
1.
Suhbat oldiga qanday talablar qo`yiladi?
2.
Muhokama nutqi oldiga qanday talablar qo`yiladi?
3.
Munozara nutqi oldiga qanday talablar qo`yiladi?
4.
Notiqlik va uning oldiga qo`yilgan talablar haqida
ma’lumot bering.
Tayanch iboralar
Suhbat, muhokama, munozara, tashviqiy nutq, tanqidiy nutq, tabrik nutqi.
Adabiyotlar.
1.
T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. T., O`qituvchi, 1993
2.
A.Xo`jayeva. Notiqlik san’ati. T., 1967.
3.
E.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., O`zbekiston, 1980.
4.
M.Usmonov. Yoshlarning ahloq madaniyati. T., O`qituvchi, 1988.
5. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.
Dostları ilə paylaş: