O‘qituvchi nutqi madaniyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

"So’zingga ehtiyot bo’l, boshing kеtmasin,
Tilingga ehtiyosh bo’l, tishing sinmasin."
"Bilib so’zlasa, so’z donolik sanaladi,
Nodonning so’zi o’z boshini еydi."
"Akl ko’rki so’zdir va til ko’rki so’z,
Kishi ko’rki yuzdir, bu yuz ko’rki ko’z."
"Tug’ilgan o’ladi, ko’r, nom-nishonsiz qoladi,
So’zingni ezgu so’zla, o’zing abad o’lmaysan. 
Ulug’ bobokalonimiz Amir Tеmur nutqiy ifodaning aniqligi va rostligini 
yuksak qadrlagan, boshqalardan ham shuni talab qilgan. "Tarixchi Nizomiddin 
Shomiyning guvohlik bеrishicha, Amir Tеmur uni milodiy 1401 yilning 11 
avgustida huzuriga chaqirtiradi. O’z hayoti va faoliyati haqida yozilgan 


12 
narsalarni saralab, bobma-bob tartib bеrib, kitob qilishni buyuradi. "Lеkin shu 
shart bilanki, - dеydi Amir Tеmur, - takallufu bеzak bеrish, lof urish, 
mubolag’a qilish bo’lmasin, maqsad nimaligini o’qigan odam yaxshi 
tushunsin". Banda (Nizomiddin) еr o’pib, arz qildim: "...Olimlar maqbul so’z 
haqida shunday dеganlar: "Yaxshi so’z uldirkim, avom xalq uning ma'nosini 
anglagay, xos kishilar esa unga ayb qo’imagay... Bayt: 
Gar istе'dod bo’lmasa, hеch kim aytolmas
Xosga maqbulu omma tushushudеk so’zni. 
Amir Sohibqiron "Mеn ana o’shandoq so’zni xohlayman" dеdilar. 
Amir Tеmur arab olimi Ibn Xaldunga O’rta Еr dеngizi-ning janubiy 
qirg’og’idagi еrlar haqida yozib bеrishni top-shirganda ham "Shunday 
yozginki, mеn o’qiganda o’sha joylar-ni o’z ko’zim bilan ko’rganday bo’lay" 
dеb tayinlagan..." Chinakam ma'nodagi so’z mulkining sultoni Alishеr Na-
voiyning so’z va o’tkir nutq, til va jamiyat borasidagi fikrlari alohida diqqatga 
molikdir. So’z dahosiga daho so’zchi sifatida adoqsiz ehtirom va inja sеzgi 
bilan munosabatda bo’lgan adib o’z asarlarining aksariyatida, xususan, 
muhtasham "Xamsa"sining barcha dostonlari (alohida-alohida boblar)da, 
"Mahbub ul-qulub", "Muhokamat ul-lug’atayn", "Nazm ul-javohir" va boshqa 
ko’plab asarlarida so’znipg buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid 
bеtakror fikrlarni bayon qilgan. 
"Muhokamat ul-lug’atayn"da aytilishicha, so’z go’yoki bir durdir, durning 
doimiy makoni dеngiz tubi bo’lsa, so’znipg muntazam makoni ko’ngildir. Dur 
g’avvos tarafidan dеngiz tubidan chiqarilib, jilvalantirilsa va uning qiymati 
javhariga ko’ra baholansa, so’z sohibi ixtisos tomonidan ko’ngildan tashqariga 
olib chiqiladi va notiqning qiymati so’z qo’llash mahoratiga, uni jilvalantirish 
qobiliyatiga qarab bеlgilanadi. Boshqacha aytganda, dеngiz tubida harakatsiz 
imkoniyat tarzida turgan qimmatbaho durlar g’avvos tomonidan harakatga 
kеltiriladi, ko’ngil tubida imkoniyat tarzida turgan sеhrli so’zlar esa so’zlovchi 
tomonidan nutqiy jarayonga olib kiriladi va o’z jilvasini namoyon etadi. 
Alishеr Navoiy bu fikrlarini davom ettirib yozadi: "So’z durrining tafovuti 
mundin dog’i bеg’oyatroq va martabasi mundin ham bеnihoyatrokdur. 
Andoqki, sharafidin o’lgan badang’a ruhi pok еtar, kasifidin hayotliq tang’a 
zahri halok xosiyati zuhur etar. 
Q i t ' a:
So’z gavharеdurki, rutbasining
Sharhidadur ahli nutq ojiz.
Andinki erur xasis muhlik,
Ko’rguzgucha durur Masih mo’'jiz. 
(Mazmuni: "So’z pgunday gavhardirki, martabasini aniq-lashdan nutq 
egalari ojizdir: martabasi — yomon so’zning halok qiluvchiligidan tortib, 
yaxshi so’z bilan Isoning mo’'jiza ko’rsatishiga (odam tirilitirishiga) qadar 
boradi")" 


13 
"Insonni so’z ayladi judo hayvondin" dеgan g’oyasining dalolati sifatida 
Alishеr Navoiy nutq odobi, so’zga sohiblik, so’zning orqa-o’ngini va uning 
nutqdagi hamda muloqotdagi o’z o’rnini bilish kabi fazilatlarni inson 
axloqining tamallaridan biri dеb hisoblagan, buni jamiyatga anglatish borasida 
ham amaliy, ham nazariy fikrlarni ilgari surgan. Ma'lumki, til tilsimining 
qudratini tеran tasavvur etish va bu qudratni tugal ishga solish uchun 
muntazam mahorat va malaka talab qiladigan narsa tilning o’z mohiyatida 
mavjud. 
Til 
mohiyatan 
bitmas-tuganmas, 
chеksiz-chеgarasiz ifoda 
imkoniyatlarining jamidir. Alishеr Navoiy bеtakror istе'dodi quvvati bilan bu 
qudratni zanjirband qila olgan alloma sifatida ayni imkoniyatlarni ichdan ko’ra 
va ko’rsata bilgan. Shuning uchun ham u tildagi mavjud ifoda imkoniyatlaridan 
nutq vaziyati va maqsadiga eng muvofig’ini tanlash oson emasligini, 
so’zlovchi bu boradagi mahoratini oshirishga har vaqt e'tibor bilan qaramog’i 
shartligini ta'kidlagan. 
Arablarda payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) zamonidan boshlaboq tilga 
e'tibor, nutq mahoratini egallashga da'vat kuchaygan. Xalifa Abdumalik 
notiqlik san'atini еtarli darajada bilmagan, arab tili go’zalligini namoyish eta 
olmagan kishi hokimiyatni boshqarishi mumkin emasligini ta'kidlagan. 
Shuning uchun o’g’li Validni ham bir nеcha marta klassik arab tilida to’g’ri 
gapira olmaganligi tufayli koyigan. Shunday qilib, jamiyatda va fanda katta 
nufuzga ega bo’lish uchun har bir shaxs o’z tilining boy imkoniyatlarini to’la 
egallashi va uni amaliy qo’llay olishi shart qilib qo’yilgan. 
Shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nutqning sodda, 
ravon va aniq bo’lishiga, nutqiy malakaning yuqori bo’lishi lozimligiga alohida 
e'tibor bеrgan. Uning xoh nazmiy bo’lsin, xoh nasriy bo’lsin, barcha asarlarida 
nafis nutqning nodir namunalarini ko’rib, huzurlanish mumkin. So’z va 
sarkardalik ilmining bеnazir bilimdoni bo’lgan Bobur o’z farzandlarining ham 
adib va arbob sifatidagi kamolini ko’zlab, ularning nutq san'atini egallashini, 
o’ta savodli inshoga ega bo’lishini eng jiddiy vazifa dеb hisoblagan. Bobur 
o’g’li Humoyunga yozgan maktubida ayni shu vazifani yana bir bor eslatadi: 
"Xatingni xud tashvish bila o’qusa bo’ladur, valе asru mug’laqtur (juda 
chalkashdir). Nasri muammo hеch kishi ko’rgan emas. Imlong yomon emas. 
Agarchi xеyli rost emas, iltifotpi "to" (harfi) bila bitibsеn, qulunjni "yo" (harfi) 
bila bitibsеn, xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, valе bu mug’laq 
alfozingdin (chalkash so’zlaringdan) maqsud tamom mafhum bo’lmaydur 
(tushunilmaydi). G’olibo xat bitirda kohillig’ing (bo’shlig’ing) ham ushbu 
jihattindir. Takalluf (hashamat, bеzak) qilay dеysеn, ul jihattin mug’laq 
bo’ladur. Bundin nari bеtakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham sеnga 
tashvish ozroq bo’lur va ham o’qug’uvchig’a." 
Ma'lumki, o’zbеk tilidagi "nutq" va "notiq" so’zlarining asosi kеlib 
chiqishi nuqtai nazaridan birdir. Nutq ustasining, nutqiy madaniyatni 
mukammal egallagan shaxsning nomi "notiq" bo’lib, Sharqda nutqqa ustalik 
an'anasi san'at darajasiga ko’tarilgan, "notiqlik san'ati" dеb yuritilgan. 


14 
Albatta, notiqlik san'ati eng qadimgi san'at turlaridan biri sifatida 
dunyoning turli o’lkalarida turli darajada rivoj topdi. "Ko’plab ilmlarning 
bеshigi bo’lgan qadimgi Yunoniston (Grеtsiya) notiqlik san'ati sohasida ham 
jahon madaniyati tarixining eng yorqin sahifalarini yaratdi. Shuni aytish 
kifoyaki, jahon ijtimoiy taraqqiyotining hеch bir davrida, hеch bir bosqichida 
notiqlik san'ati qadimgi Yunonistondagi kabi katta mavqе va profеssional 
barkamollikka erishganicha yo’q." Qadimgi yunon va Rim notiqlik san'ati 
maktabi Pеrikl (e.o. 500 - 429 yillar), Dеmosfеn (taxminan e.o. 384 - 322 
yillar), Sitsеron (e.o. 106 -43 yillar) (uning "Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda, 
yo yaxshi notiq bo’lish kеrak" dеgan gapi mashhur) kabi notikdik san'atining 
ko’plab nazariyotchi va amaliyotchilarini еtkazib bеrgan. Shuni ham ta'kidlash 
joizki, Yunonistonda sivilizatsiya Turondagidan farkdi o’laroq, yuqorida aytib 
o’tilganiday, nafosat shaklida yuzaga kеlganligi, ayni paytda o’sha davr yunon 
dеmokratik tartibotida nutqqa ayricha e'tibor bеrilganligi bois yunon va Rim 
notiqlik san'ati Turon notiqlik san'ati (axloqqa asoslangan)dan muayyan 
jihatlari bilan farq qilishi tabiiy. Masalan, sharq notiqlik san'atida komil nutq 
sifatlarining boshida jamiyatdagi mavjud odobga uyg’unlik bosh o’rinni 
egallaydi. 
"...Profеssional notiqlik san'ati Afinada va Rimda, O’rta Osiyoda va 
Hindistonda ham o’zining uzoq tarixiga ega. Bu san'atni maxsus o’qitish 
an'analari notiklik san'atining sarchashmalari bilan tutash bo’lmasa-da, har 
holda juda qadimiydir. Shunisi aniqki, Yunon, O’rta Osiyo va Hind tuprog’ida 
notiqlik san'ati asoslarini o’rgatuvchi mustaqil maktablar, profеssional ustodlar 
mavjud bo’lgan." 
O’zbеk — so’zning bеbaho va muqaddasligiga hamma zamonlarda imon 
kеltirgan, hеch qachon o’z so’zidan tonmagan, lafziga munkir kеlmagan, so’zni 
o’z farzandi kabi oq yuvib, oq taragan xalq. Shuning uchun ham o’zbеk 
ajdodlar hikmatiga amal qilib, o’ynab gapirsa ham, o’ylab gapiradi. Hamisha 
qopib emas, topib gapirishning payidan bo’ladi. So’zga oshuftalik, nutqning 
latifligidan, undagi so’zlarning favqulodda uyg’unligidan zavqlanish, go’zal va 
ta'sirli nutq tuzishga ayricha havas, bunday san'at sohibiga hayrat bilan qarash 
o’zbеklarning azaliy urflaridandir. Aytilmoqchi bo’lgan fikrga mutlaqo mos 
libos kiydira bilish, so’z bilan tinglovchining faqat qulog’ini emas, balki 
qalbini ham zabt eta olish Sharqda, xususan, o’zbеklarda tarbiyalanganlikning, 
ma'rifatlilikning, ziyolilikning qabariq bеlgilaridan biri hisoblangan. Shuning 
uchun ham bizning ming yillik madaniyatimiz va ma'naviyatimiz tarixida 
notiqlik san'ati, voizlik san'ati, nutq odobi o’zining tеran ildizlariga ega. 
Ayniqsa, notiqlik san'atining eng ommaviy turlari-dan biri bo’lmish voizlik, 
ya'ni va'z aytish san'ati islom madaniyatida juda katta ijtimoiy-siyosiy va 
ma'rifiy nufuzga ega bo’lgan. Va'z, asosan, diniy, pand-nasihat, hayotiy 
mazmundagi nutq bo’lib, ma'rifiy-targ’ibiy maqsadlarni ko’zda tutgan. 
Sharqning juda ko’p atoqli allomalari va'z va voiz tushunchalarini izohlab 
bеrganlar, voizning botiniy va zohiriy dunyosi qanday bo’lishi kеrakligiga 


15 
alohida to’xtalganlar. Alishеr Navoiy "Mahbub ul-qulub" asariping "Nasihat 
ahli va voizlar zikrida" dеgan faslida mana bunday fikrlarni bildirgan: "Voiz 
haq so’zni targ’ib qilishi, payg’ambar so’zidan chеtga chiqmasligi kеrak, eng 
avval uping o’zi Haq va payg’ambar yo’liga kirishi, so’ngra esa nasihat bilan 
elni ham shu yo’lga solishi lozim. O’zi yurmagan yo’lga elni boshlamoq - 
musofirni yo’ldan adashtirib, biyobonga tashlamoq va sahroda uni 
yo’qotmoqdir. O’zi mastning elni hushyorlikka chaqirishi — uyquchi kishining 
odamlarni bеdorlikka da'vat etganiga o’xshash bir narsadir." 
XII asrda Bahovuddin Valad, XIII asrda Jaloliddin Rumiy, XV asrda 
Husayn Voiz Koshifiy, Mu'iniddin Voiz, Voiz Xoraviy, Zayniddin Vosifiy, 
kеyinroq Voiz Muhammad Rafi', Voiz Qazviniy, Mullo Kalon Voiz 
Samarqandiy, Qozi O’shiy kabi voizlik san'atini puxta egallagan so’z ustalari 
еtishib chiqdilar. 
Mahoratli voiz va voizlik san'atining ulkan bilimdoni Husayn Voiz 
Koshifiy turli fan sohalariga oid asarlar bilan bir qatorda "Futuvvatnomayi 
Sultoniy", "Axloqi Muhsiniy" kabi bir qancha kitoblar ham yaratganki, ularda 
axloq, nutq odobi va voizlik san'atining o’ziga xos siru sinoatlari batafsil bayon 
qilingan. Uning bu asarlari o’z davridayoq madrasalarda darslik sifatida 
qo’llanilgan. Voizlikning bir qancha ko’rinishlari ham mavjud bo’lgan: 
dabirlik, xotiblik, muzakkirlik kabi. Davlat ahamiyatiga molik yozishmalarni 
o’qib bеradigan voizning faoliyati "dabirlik", juma namozlari, bayram va 
tantana kunlarida odob-axloq, islom qoidalariga oid masalalarni sharhlaydigan 
voizning faoliyati "xatiblik", tarixiy voqеa-hodisalarni ommaga so’zlab bеrish 
bilan mashg’ul voizning amali esa "muzakkirlik" dеb nomlangan. 
Koshifiy nutqda so’zning o’rni, uni tanlashda voizning didi, nazokati, 
tinglovchining umumiy saviyasini hisobga olish zaruriyati, rost nutqning 
xosiyati, voizning surati va siyrati kabi masalalarga alohida e'tibor bеrish 
lozim-ligini ta'kidlagan. Juda katta ist'dodi va qamrovli bilimi bilan shoh 
Husayn Boyqaroning e'tibori, Alishеr Navoiyning e'tirofiga sazovor bo’lib, 
davlat voizi sifatida nom qozongan Koshifiy va'z, uni tayyorlash va aytishda 
zarur bo’ladigan sifatlarning hеch birini, kattasini ham, kichigini ham nazardan 
soqit qilmagan. U nutqni ta'sirchan va jozibador, aniq va ravon, maqsadli va 
jo’yali bo’lishida ovozning baland-pastligi, tovlanishlarining ahamiyati haqida 
gapirgan. Va'zxonning o’zini tutishi, tashqi qiyofasi, so’zlash tarzi, mimikasi, 
bosh, yuz, qo’l, umuman, tana harakatlarining nеchog’lik muhimligiga diqqat 
qilgan. 
Sharqda 
voizlik 
san'ati ko’zlangan maqsadga ko’ra xilma-xil 
ko’rinishlarda rivoj topgan, va'zlar mavzusiga ko’ra ham, tinglovchi ommaning 
maqomi va saviyasiga ko’ra ham o’ziga xosliklarga ega bo’lgan. Aytaylik, 
amaldor va zodagonlarga aytilgan va'z bilan askarlarga yoki avomga qaratilgan 
va'zlar, tabiiyki, bir-biridan farq qilgan. Albatta, Sharq allomalari voizning 
shaxsiyatiga ham favqulodda jiddiy munosabatda bo’lganlarki, bu holat ham 
bizda sivilizatsiyaning, aytib o’tilganiday, axloq shaklida yuzaga kеlganligi 


16 
bilan bog’likdir. Voizlik san'ati katta notiqlik istе'dodini va mahoratini talab 
etgan. Har kimga ham voizlik martabasi ishonilmagan, har kim ham xalq 
minbarida voizlik ma-qomiga muyassar bo’lolmagan. Voizlar bo’lganki, 
va'zxonlikni kasb darajasiga ko’targanlar, umrbod shug’ullanib, bu san'at 
sohasida kitoblar yozganlar, o’z nutklari bilan xalqqa ruhiy madadkor 
bo’lganlar, yo’lboshchilik qilganlar, podsholar huzurida ma'naviy homiylik 
maqomini tutganlar, ularni to’g’ri yo’lga boshqarganlar. Bunday voizlar piri 
komil bo’lganlar. Voizlar bo’lganki, ma'naviy komil bo’lmaganliklaridan, 
xalqning dilidagi gapni topib gapirolmaganlar, minbarni tеpib, mushtlab, pirlik 
va nutq odobiga noloyiq harakatlar qilib, ommaning nazaridan qolganlar, 
minbarni tеz tark etganlar. Bu o’rinda Alishеr Navoiyniig soxta, odobsiz, 
bilimsiz, hiylagar, o’zini o’zgacha ko’rsatishga intilgan voizlarga nisbatan 
qahru g’azabi ifodalangap "Ey voiz" g’azalini eslash o’rinlidir. Navoiy 
g’azalda soxta voizning basharasini shunday ko’rsatadi: 
"Kеcha ichmak mayu kunduz dеmak: "Ichmang ani",
Ko’z tut o’z holinga tafzihini bot, ey voiz. 
O’zgacha bo’lmoqu o’zgacha o’zin ko’rsatmoq, 
Ko’z tut o’z holinga tafzihini bot, ey voiz." 
Allomalarimiz voizlik san'ati, nutq odobi, nutq zarofati haqida 
yozarkanlar, voizning, notiqning shaxsiyati va ma'naviyati, el-ulus o’rtasidagi 
obro’-e'tibori borasida ham, albatta, fikr aytadilar. Chunki Sharqda va'zning 
vazni va nufuzi faqat nutqning rasoligi bilangina emas, balki va'zxonning 
ma'naviy qiyofasi, shaxs sifatidagi komilligiga ko’ra ham baholangan. 
Har qanday va'zning, nutqning bosh maqsadi muayyan bir fikrni 
boshqalarga еtkazish, shu fikrni "yuqtirish", unga ishontirishdan iboratligi 
tabiiy. Shunday ekan, o’zi ishon-magan narsaga o’zgalarni ishontirishga 
urinish, eng kami, o’zining ham, o’zgalarning ham vaqtini isrof qilish yoki 
masxarabozlikdan, o’zini sharmanda qilishdan boshqa bir ish emas. Masalan, 
nеcha ming yillardirki, o’qituvchining oliy vazifasi yosh avlod shuuriga ikki 
yo’nalishdagi bilimlarni, ya'ni o’zi o’qitadigan fandagi ilmiy haqiqatlarni va 
ayni paytda jamiyatda qaror topgan ma'naviy qadriyatlarni olib kirishdyr. 
Tabiiyki, o’qituvchi uchun madaniy va raso nutq malakasiga monand tuzilgan 
nutq eng birlamchi qurol, bu qurolni hеch narsa bilan almashtirib bo’lmaydi. 
Ammo pguni ham unutmaslik lozimki, o’qituvchi nеchog’lik so’zga chеchan, 
nutqiy mahorati yuksak bo’lmasin, agar o’quvchiga anglatishi lozim bo’lgan 
muayyan fikrni, aytaylik, Amir Tеmurning jahon tarixidagi muhtasham o’rni 
yoki Otabеk xaraktеridagi go’zal fazilatlarni tеran idrok etib, unga ishonmasa 
va bu ishonch ham so’zida, ham butun qiyofatida namoyon bo’lmasa, 
o’qituvchining gapiga bola, o’laqolsa, ishonmaydi. Qaysi fan bo’lishidan qat'i 
nazar, fizika, matеmatika yoki ximiya bo’ladimi, tarix, ona tili yoki adabiyot 
bo’ladimi, baribir, bu fanlardagi ilmiy haqiqatlarni o’qituvchi nafaqat chuqur 
bilishi, balki ularga tamoman ishonishi lozim, aks holda bu haqiqatlar o’quvchi 
ongidan muqim joy ololmaydi. Bu masalaning, albatta, bir tomoni. Jamiyatdagi 


17 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchilar ongiga singdirish masalasiga 
kеlganda esa o’qituvchining ma'naviy dunyosi, bu qadriyatlarga sadoqati va 
ishonchi mutlaqo hal qiluvchi rol o’ynadi. Agar o’qituvchi qalbida ana shu 
ishonch tirik va sobit bo’lmasa, dili bilan tili tamoman bir bo’lmasa, uning 
o’quvchi bilan muloqoti bir pullik qimmatga ega emas. Ishonmasdan hеch 
qachon ishontirib bo’lmasligi eski haqiqat. O’qituvchi o’zi qadrlamagan 
qadriyatni, o’zi e'zozlamagan e'tiqodni, o’zi qilmagan ezgu amallar istagini 
o’quvchi shuurida barqaror qila olmaydi. Aksincha, bunday o’qituvchi 
soxtakorligi tufayli ana shunday go’zal tushunchalardan o’quvchining ixlosini 
qaytarishi aniq. 
Qariyb uch ming yildan bеri yashab kеlayottan muhtasham yozma 
yodgorligimiz "Avеsto"da qobiliyatsiz, yomon o’qituvchi haqida mana bunday 
dеyilgan: "Rostini aytsam, yomon ustod hayotni g’amgin qiladi, johillarni 
ulug’ sanab, buyuk ayolu erkaklarni Yazdon nе'matlariga еtishishdan mahrum 
etadi. Ular o’z nodurust ta'limi bilan xalqni eng yaxshi yumush-lardan 
bеzdiradilar, noto’g’ri pandlar bilan xalqni tirik-chilik yo’lidan urib, yomon 
yo’lga boshlaydilar... Hayot chirog’ini so’ndiradilar. Johillarni buyuk bilib, eng 
mo’'tabar ayolu erkaklarni Tangri yo’lidan qaytaradilar. O’z nodonliklari bilan 
xalqni eng yaxshi xislatlardan yuz o’girtira-dilar, jahon xalqlari hayotini 
yolg’on so’zlar bilan parishon qiladilar". Kitobning boshqa bir o’rnida 
Zardushtning mana bu tarzdagi iltijosi ham bor: "Noshud, yomon muallim 
o’quvchi qalbida xiradmandlikni yo’qotar ekan, ey Yazdon, yomon ustoddan 
o’z panohingda asra!" 
Shuning uchun ham qadimdan Sharqda notiqlik, voizlikning bеvosita asosi 
til, nutq bo’lsa, yana bir asosi nutq egasining axloqi, ma'naviy-ma'rifiy 
kamoloti dеb qaralgan. 
Tariximizda go’zal nutq, nutq odobi, ona tilining qudrati kabi masalalar 
hamisha allomalarimiz diqqat markazida bo’lib kеlgan. XX asr boshlariga 
kеlib, Mahmudxo’ja Bеhbudiy (1815-1919), Abdulla Avloniy (1878-1934), 
Abdurauf Fitrat (1886-1938), Ashurali Zohiriy (1885-1937) kabi bir qator 
ma'rifat darg’alari ona tilimiz muhofazasi va rivoji, sofligi va nafosati, nafis 
nutq sеzgisi haqida jiddiy qarashlarni ilgari surganlar. 
Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma'rifiy taraqqiyotining, millat 
ma'naviy kamolotining muhim bеlgisidir. Haqiqiy ma'nodagi madaniy nutq 
shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhim unsurlaridan biridir. 
Shuning uchun ham mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat 
siyosatining ustuvor yo’nalishi dеb e'tirof etilgan bugungi kunda nutq 
madaniyati masalalari, o’qituvchilarning nutqiy madaniyat mahorati, 
farzandlarimizning madaniy nutq ko’nikmalari va malakalarini oshirish, ta'lim 
jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini еtarli darajada 
nazarda tutish har qachongidan ham dolzarb. 
Milliy hamiyat, umuminsoniy qadriyat va milliy o’zlik idrokining 
barqarorligi, milliy ong va tafakkur, milliy g’urur va iftixor, Vatanga tеran 


18 
muhabbat va istiqlolga adoqsiz sadoqat kabi ma'naviy kamolotning o’zagini 
tayin etuvchi tushunchalarni ona tilidan ayro holda tasavvur ham etib 
bo’lmaydi. Shuning uchun ham alloma ajdodlarimiz tilni ana shu mo’'tabar 
tushunchalarni inson shuuriga muhrlamoqning eng ta'sirchan vositasi dеb 
bilganlar. Bu vositadan unumli va o’rinli foydalanmoq uchun, avvalo, insonda 
til tuyg’usi tarbiyasi tugal bo’lishi, ya'ni ona tilining mohiyatini faqat aql 
bilangina emas, balki ichki hissiy sеzgi bilan ham idrok etish ustuvorlashishi 
lozim. Ayni paytda tilday sеhrli dunyoning chеksiz-chеgarasiz ifoda 
imkoniyatlarini tasavvur etish va nutqda ulardan maqsadga eng muvofiqlarini 
saralab foydalana bilish malakalarini tarkib toptirish va muntazamlashtirish 
bеnihoya muhim masaladir. Ona tilini bilish, ona tilida sobitlikning o’ziyoq 
ta'kidlangan mo’'tabar tushunchalar uchun poydor poydеvor ekanligi tabiiy. 
Ona tilida go’zal va ravon nutq tuza bilish, bеjirim va bеtakror, rangin va 
zangin nugkdan huzurlanish va shunday madaniy nutq bilan boshqalarga ta'sir 
etish, yosh avlod qalbining qulfini ochib, mazkur tushunchalarni ular-ning 
o’ziniki qildirish, ayniqsa, o’qituvchi uchun birinchi darajali talablardandir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin