O‘qituvchi nutqi madaniyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

3. Nutqning mantiqiyligi. 
Mantiqiy nutq deb yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil 
bo`lgan, har bir so`z, ibora maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqqa 
aytiladi. 
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to`g`rilik va aniqlik bilan 
chambarchas bog`liqdir. Grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham, 
fikrni ifodalash uchun noto`g`ri tanlangan lug`aviy birlik ham mantiqiylikni 
buzadi. 
Mantiqiy 
izchillkining 
buzilishi 
tinglovchi 
va 
o`quvchiga 


27 
ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba’zan, umuman, 
anglashmasligiga olib kelishi mumkin. 
Nutqning mantiqiy buzilishi, eng avvalo, so`zlovchi va yozuvchining 
tafakkur uquvi, qobiliyati bilan bog`liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina 
lisoniy hodisa sanalmasdan, balki tafakkur hodisasi ham sanaladi. Bunda 
mavzu bo`yicha mavjud bilim asosida mulohaza yurgizish diqqatga sazovordir. 
So`zlarning o`zi ifodalanayotgan narsa-hodisalarga mos ravishda fikrning 
aniq ifodalanishi narsa mantiqiyligi bo`lsa, soz birikmalari, gaplar, hatto butun-
butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga 
bo`ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir. 
Mantiqiylik shartlari: 
a) tushunchalar mantiqiyligiga rioya qilish
b) uslubiy me’yorga amal qilish; 
c) leksik-semantik va sintaktik me’yorga rioya qilish. 
Mantiqiyligiga putur yetgan gaplarga misollar: 
- Olti oylik davlatga sut sotish rejasi bajarildi. 
- U bir kitobga 5 so`mdan qo`yib sotmoqda. 
- Akulalar tirik bola tug`adi. 
- Erkak paypoqlar narxi 30 foizga arzonlashdi. 
O`qituvchi nutqining mantiqiyligi. Nutqda bayon etilgan fikrning 
qismlari va alohida fikrning o`zaro mutanosibligi mantiqiyligi deb yuritiladi. 
Mantiqli nutqda gaplardan fikrlar butun nutqdan kelib chiqadigan 
fikrning qismlari hisoblanadi. Ular orasida ziddiyat bo`lmaydi. 
Mantiqiylik aniqlikka suyanadi. Noaniq nutq mantiqiy bo`la olmaydi. 
Nutqda mantiqlikka erishish uchun unda qo`llangan so`zlar bilan ularning 
predmetlik ma’nolari mos bo`lishi lozim. 
So`zlar qat’iy aniqlikda qo`llanganda ham mantiqlik buzilishi mumkin, 
chunki aniqlik leksik nutq bilan mantiqiylik sintaktik qurilishi bilan 
bog`langandir. Mantiqiylikning predmet mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligi 
deb ikkiga ajratish mumkin. Predmet mantiqiyligi nutqda til birliklarining 
o`zaro ichki munosabatlari mosligidan iborat. 
Tushuncha mantiqiyligi mantiqiy fikr tuzilishi hamda bu tuzilishning 
nutqdagi til belgilari ma’no aloqalaridan iborat. 
Mantiqiylikni ta’minlash 2 shartga asoslanadi. Birinchisi, ekstrolingvistik 
shart. Bu shart to`g`ri mulohaza qilishning normalari va printsiplarini 
egallashni taqozo etadi. To`g`ri nutq uchun kurashuvchi eng avvalo, mantiqiy 
fikrlashni o`rganishi lozim. 
Ikkinchi shart sof lingvistik bo`lib, nutqiy tuzilish belgining bir-biriga zid 
bo`lmasligini, mazmuniy bog`liqligini uyushtiruvchi til vositalarini bilishni 
talab qiladi. 


28 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin