O‘qituvchi nutqi madaniyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

2. Tanqidiy nutq. 
Yuz bergan hodisalar, shaxslar hatti-harakatlariga e’tirozli munosabatda 
bo`luvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi. 
Tanqidiy nutq oldiga qo`yilgan talablar: 
a) yuz bergan voqea-hodisalarning mohiyatini ochib berish; 
b) tanqid uchun dalillarning yetarli bo`lishi; 
c) notiqning o`ta hayajonlanib ketmasligi; 
d) haqiqatdan chetlanmaslik
e) kishi shaxsiga tegmaslik; 
f) nutq shaklining jozibadorligi, ohangdorligi. 
To`ylarda, tantanalarda, yubileylarda, tug`ilgan kunlarda so`zlanadigan 
nutq tabrik nutqidir. Bu nutq oldiga qo`yilgan talablar. 
a) tabriklanuvchi 
shaxsning 
ijodi, 
hayoti, 
fazilatlaridan 
asosiy 
ma’lumotlarni berish; 
b) nutqning ixcham, jozibador, ohangdor bo`lishi; 
c) nutqning til vositalariga boy, shaklan qiziqarli bo`lishi. 
Til – ma’lum kishilar jamoasi a’zolarining muloqoti uchun muhim va 
asosiy vosita hisoblangan o`ziga xos belgilar sistemalaridan biri bo`lib, 
jamiyatda tafakkurning rivojlanishi uchun, madaniy tarixiy an’analarni 
avloddan-avlodga yetkazish uchun xizmat qiladi. 
Nutq – ifodalangan ma’lumot talabiga mos holda til qoidalari asosida 
tuzilgan til belgilarining tartibidir. 
Matn – u yoki bu holda tugallangan mazmun va nutqning birligini o`zida 
shakllantirgan hamda ifodalangan og`zaki yoki yozma asarga aytiladi. 


38 
Fikrni og`zaki bayon etganda o`qituvchi suhbat, muhokama, munozara 
usullaridan foydalanadi. 
Fikrni yozma bayon qilish bayon, saylanma bayon, konspekt, referat, 
sharh biologiyasi, avtibiografiya, tavsifnoma, intervyu, ma’ruza, lektsiya, 
hisobot, maktub, kundalik kabi shakllardan iborat. 
Nazorat savollari. 
1. Suhbat oldiga qanday talablar qo`yiladi? 
2. Muhokama nutqi oldiga qanday talablar qo`yiladi? 
3. Munozara nutqi oldiga qanday talablar qo`yiladi? 
4. Notiqlik va uning oldiga qo`yilgan talablar haqida 
ma’lumot bering. 
Tayanch iboralar 
Suhbat, muhokama, munozara, tashviqiy nutq, tanqidiy nutq, tabrik nutqi. 
Adabiyotlar. 
1. T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. T., O`qituvchi, 1993 
2. A.Xo`jayeva. Notiqlik san’ati. T., 1967. 
3. E.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., O`zbekiston, 1980. 
4. M.Usmonov. Yoshlarning ahloq madaniyati. T., O`qituvchi, 1988. 
5. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi 
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin