O‘qituvchi nutqi madaniyati


-ma’ruza IFODALI O`QISH



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

8-ma’ruza
IFODALI O`QISH 
R e j a : 
 
1. Kirish. 
2. Ifodali o`qishning texnik asoslari. 
3. Ifodali o`qishning grammatik asoslari. 
Ifodali o`qish muayyan intonatsiya yordamida asarning g`oyasi va 
jozibasini to`g`ri, aniq yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. 
Ifodali o`qishning asosiy vazifasi muayyan matnning mazmuni va 
emotsionalligini ohang orqali tinglovchiga yetkazib berishdir. 
Ifodali o`qishning texnik asoslari 
Ma’lumki, ifodali o`qiladigan asar matni qanchalik mukammal 
bo`lmasin, u talqin etilishiga qarab, muayyan ta’sir kuchiga ega bo`ladi, talqin 
jarayoni esa asarni ifodali o`quvchining jismoniy va ruhiy holatlaridir. Demak, 
talqin jarayonida ifodali o`quvchining butun vujudi talqin vositasi bo`lib 


39 
xizmat qiladi. Ijrochining jismoniy va ruhiy holatini chiniqtiruvchi mashqlar 
kompleksi nutq texnikasi deyiladi. 
Nutq texnikasi, o`z ob’yekti va funktsiyasiga ko`ra to`rt muhim qismga 
bo`linadi: ovoz, nafas artikulyatsiyasi va diktsiya. 
Ovoz inson oily nerv sistemasining mahsuli bo`lib, uning manbai 
tomoqda joylashgan tovush poychalaridir. Oliy nerv sistemasining muayyan 
signali bilan tovush paychalari titraydi, cho`ziladi, qisqaradi, g`oyat nafis 
harakatlar kompleksini bajaradi, natijada tovush paydo bo`ladi, tashqariga 
chiqqunchga qadar turli qaytargich (rezenator) larga urilib chiqqan tovush ovoz 
deyiladi. 
Nutq so`zlash jarayonida ovozning balandlashi va pasayib turishi 
modulyatsiya deb yuritiladi. 
Ovoz baland-pastligi, yo`g`on-ingichkaligiga qarab tepor, bariton, bas, 
soprano, metstso-soprano, alt kabi turlarga bo`linadi. 
Ovozning nutq, tovush doirasida va muayyan vaqt birligi davomida 
tovlanishi ohang (intonatsiya) deyiladi. 
Nafas nutq texnikasining muhim qismidir. Nafas ovoz va nutqni 
tinglovchiga yetkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Nafas uch turga – 
ko`krak, qorin yoki o`rta va diafrag`mal nafas turlariga bo`linadi. 
Artukulyatsiya deb, nutq a’zolarining faol, passiv, normal harakat 
qilinishiga qarab artikulyatsiya yaxshi, yomon, normal bo`lishi mumkin. 
Nutq so`zlanayotgan vaqtda nuqsonsiz bo`lgan artukulyatsiya normal 
hisoblanadi. Ammo ifodali o`qish uchun uning o`zi kifoya qilmaydi. Shunga 
ko`ra 
normal 
artikulyatsiya 
mashqlar 
vositasida 
takomillashtiriladi. 
Artikulyatsiyani yaxshilash uchun o`tkaziladigan mashqlar artikulyatsion 
gimnastika deyiladi. Ular quyidagilardir: 
5. Lab mashqlari 
6. Til mashqlari 
7. Jag` mashqlari 
Diktsiya nutq mashqlarining talaffuz etish me’yorlaridir. Nutq 
tovushlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish, talaffuzni aniq va yorqinlashtirish 
maqsadida uyushtirilgan mashq diktsion mashq deyiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin