O‘qituvchi nutqi madaniyati


“Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari”



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

“Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari” 
qo`llanmalari, shuningdek, N.Mahmudovning ―O’qituvchi nutqi 
madaniyati‖ darsligi asosiy manba bo’lib xizmat qilmoqda.
Milliy dasturning qabul qilinishda har bir o`qituvchiga alohida
mas’uliyat yuklanadi. Shu jumladan, har bir o`qituvchi o`z nutqi ustida 
ham mukammal ishlashi zaruriyati tug`ildi. Barkamol hamda har 
taraflama yetuk insonni tarbiya qilish uchun o`qituvchi nafaqat puxta 
bilimli, balki o`z fikrini chiroyli, ravon, puxta nutq madaniyati 
qonuniyatlarini chuqur egallagan holda ifoda qila bilish zarur. 
Mazkur ma’ruza matnlari joriy namunaviy o’quv dasturlari asosida 
tuzildi. 
1- ma’ruza
NUTQ MADANIYATI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI 
 



R e j a : 
1. ―Nutq madaniyati‖ tushunchasi. 
2. Nutq madaniyati predmeti. 
3. Nutq turlari haqida tushuncha. 
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ―Fidokor‖ gazetasi muxbiri 
savollariga javob berar ekan, jamiyatimizning mohiyati xususida shunday 
deydi: “Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy 
qadriyatlarimizga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor 
beradi”. Ana shu ma’naviy va axloqiy qadriyatlar inson tafakkuri, nutqiy 
madaniyati bilan chambarchas bog`liqdir. Zero jamiyat madaniyati nutqiy 
madaniyatsiz bo`lmaydi. ―O`z fikrini mutlaqo mustaqil. Ona tilida ravon, 
go`zal va lo`nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar 
kursida o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin‖. (I.A.Karimov. 
Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori). 
Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq ya’ni talaffuz urg`u, so`z 
ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tolning tasviriy 
vositalardan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, 
ifodali o`qish va so`zlay olish madaniyatini egallash demakdir. 
Nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo 
mavjud til faktlari, ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko`rinishlari 
va talablari bilan aloqadordir. Mana shunga ko`ra nutq madaniyati: 
1) tildagi mavjud til hodisasi nomi; 
2) nutq madaniyati talablariga javob beruvchi aniq nutqiy jarayonning, 
ya’ni aniq nutqiy ko`rinishning nomi; 
3) madaniy nutq va u haqida kishilar ongida mavjud bo`lgan aniq 
normatik tasavvurlarning nomi; 
4) tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot ob’yekti bo`lgan nutq madaniyati va u 
haqida mavjud ilmiy tasavvurlarning, muammoning nomi; 
5) nutq madaniyati muammosini tadqi qilish bilan shug`ullanadigan 
tilshunoslik sohasining nomi tarzida talqin qilish mumkin. 
Nutq madaniyati amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini 
tadqiq qiluvchi fan bo`lib, chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til 
normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin 
bo`lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko`rinishlari, nutqning 
talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. 
Nutq madaniyati asoslari ham fan sifatida o`z tekshirish ob`yekti va 
vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti til qurilishi, adabiy til normativlari 
va nutqning kommunikativ fazilatlaridir. 
Nutq madaniyati asoslari fani adabiy til normalarini, uning tarixiyligini, 
taraqqiy etib borishi, undagi ba’zi elementlarning eskirishi, yangilarining 
paydo bo`lishini kuzatib qayd etib boradi. 



Odam nutq yordamida o`zining fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini bayon 
etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini anglab oladi. 
Nutq ichki va tashqi ko`rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o`z ichida 
gapiradigan passiv nutqi bo`lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. 
Shuning uchun ham bu nutq o`z-o`ziga qaratilgan nutq sanaladi. Ichki nutq 
og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq 
boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo`lgan faol nutq bo`lib, u 
og`zaki va yozma ko`rinishlarga ega. Og`zaki nutq odatdagi tovushli 
so`zlashuv nutqi bo`lib, bu nutq ko`proq ohang va turli imo-ishoralar bilan 
aloqadordir. Unda murakkab Grammatik qurilmalardan foydalanilmaydi. Bu 
nutqda fikrni ixcham ifodali maqsadida to`liqsiz gaplar keng qo`llaniladi. 
Nutqning bu turi bir va bir necha kishi tomonidan amalgam oshiriladi. 
(monologik, diologik nutq). 
Yozma nutq esa harf va so`zlarning ma’lum qonuniyatlari asosida o`zaro 
birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar, abzatslar, paragraflar va gaplarni 
grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon etish orqali ro`yobga chiqadi. 
Ma’lum bir til tarixida amal qilgan, hozir mavjud bo`lgan va paydo 
bo`lishi ko`zda tutilgan hodisalarning jami o`sha til tizimini tashkil etadi. Har 
bir til sistemasi o`zigagina xos bo`lgan tomonlari bilan boshqa tillardan 
farqlanib turadi. Masalan, o`zbek tili turkey tillar oilasiga kiradi. 
Sistema o`zaro ichki ziddiyatga ega bo`lgan hodisalarning guruhlanishiga 
aytiladi. Til sistemalar sistemasi sanaladi. 
Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo`lgan imkoniyatlarning 
foydalanib kelinayotgan qismi uzus deyiladi. 
Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigan shartlarni ham, tilning ichki 
normalarini ham o`z ichiga oladi. Uzusli so`zlar yig`iq so`zlar yig`indisiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin