O‘qituvchi nutqi madaniyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

Savollar:
1. Nutq madaniyati lingvistika bilan qanchalik bog’liq?
2. Adabiy til va nutq madaniyati meyorlari. 
3. Falsafa, mantiq notiqlik san’ati bilan munosabati?
4. Aniq fanlar bilan nutq madaniyatining bog’liqligi bormi?
 
A d a b i y o t l a r : 


24 
1. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyoti asoslari. T., ―O`qituvchi‖, 
1992. 
2. E.A.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., ―O`zbekiston‖, 1980. 
3. H.Abdurahmonov, N,Mahmudov. So`z etikasi. T., ―Fan‖, 1981 y. 
4. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi 
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 
 
4- ma’ruza 
NUTQNING ASOSIY XUSUSIYATLARI 
 
R e j a:
 
1. Nutqning to`g`riligi 
2. Nutqning aniqligi. 
3. Nutqning mantiqiyligi. 
4. Nutqning sofligi. 
5. Nutqning ta’sirchanligi. 
Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning 
tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham 
ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq 
deyilganda aytilmoqchi bo`lgan maqsadning tinglovchi va kitobxonga to`liq 
yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko`ra 
nutq oldiga ma’lum talablar qo`yiladi. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan 
to`g`ri, aniq, chiroyli, erkin, maqsadga muvofiq bo`lishidir. Bu belgilar 
nutqning asosiy sifatlari, xususiyatlari deb qaraladi. 
1. Nutqning to`g`riligi. 
Nutqning to`g`riligi uning adabiy tili me’yorlariga muvofiq kelishidir. 
Bunda quyidagi me’yorlar hisobga olinadi.: 
a) talaffuz me’yorlari: 
Unli va undosh talaffuzi, so`z tarkibidagi qo`sh va yondosh unlilar 
talaffuzi, tutuq belgili so`zlar talaffuzi, kishilarning ism-familiyalari, qisqartma 
otlar, qo`shma fe’llar, so`z birikmalari, morfologik ko`rsatkichlar, so`z 
yasovchi forma yasovchi qo`shimchalar talaffuzlari. 
b) morfologik me’yorlar: 
Adabiy til dialect va shevalardan o`z morfologik me’yorlariga ko`ra ham 
farqlanadi. Buni biz adabiy tilda sozlarning kelishiklarda turlanishi, fe’llarning 
tuslanishi, son-miqdor tushunchalarning ifodalanish usullarida, shuningdek, 
so`z va so`z shakllarining yasalish xususiyatlarida ko`ramiz. 
v) sintaktik me’yorlar: 


25 
Ega-kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo`laklarning ularga bog`lanish 
qonuniyatlari. 
g) imloviy me’yorlar: 
Adabiy til yagona va umumxalq yozuv me’yorlariga tayanadi. Bu 
me’yorlar maxsus ishlangan va kelishilgan imlo qoidalarida o`z ifodasini 
topadi. Adabiy til imlo qoidalari bu til yozuvi, yozma shaklida foydalanuvchi 
barcha uchun umummajburiydir. Orfografik me’yorlar va bunga doir imlo 
qoidalari adabiy til yozma shaklining takomilida belgilangan omildir. 
d) lug`aviy me’yorlar: 
Har bir xalq tili o`sha millat a’zolarining erkin va bemalol fikrlasha olishi 
uchun yetarli bo`lgan so`z boyligiga ega. Bir tilga mansub bo`lgan bir sheva bu 
tilning boshqa guruh shevalaridan, jonli so`zlashuv tili esa adabiy tilda 
qo`llanuvchi so`zlar miqdori, xarakteri, shakli, hatto ma’nosiga ko`ra farqlanib 
turadi. Mana shunday xususiyat adabiy til bilan shevalar, jonli so`zlashuv tili 
bilan adabiy til doirasida ham mavjuddir. Demak, tildagi barcha sozlar adabiy 
tilda qo`llanilavermaydi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin