29
R e j a:
1. So`zlashuv uslubi.
2. Rasmiy uslub.
3. Ilmiy uslub.
4. Publisistik uslub.
5. Badiiy uslub.
Kishilar har qanday sharoitda va faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish
jarayonida tildagi leksik, frazeologik, Grammatik va fonetik vositalarni tanlash
va ishlatishda bir-birlaridan ma’lum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili
doirasida til vositalarining bunday tanlab
olinishi nutqda xilma xil
ko`rinishlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Bunday xilma-xil nutq
ko`rinishlari nutq uslublari deb yuritiladi.
Nutq uslublari ifoda vositalari tizimining
muayyan aloqa doirasida
maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq
ko`rinishlaridir.
Nutq uslublari tilning vazifasi – funktsiyasi bilan bevosita bog`liq bo`ladi.
Shuning uchun ham ular funktsional uslublar deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: