O‘qituvchi nutqi madaniyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

1. Og`zaki nutq uslubi. 
Og`zaki nutq, ma’lum bir modal munosabatlarni ifodalash uchun asos 
bo`lsa, uslub fanining ob’yekti bo`ladi. Bu holat – gap bo’laklari tartibining 
―buzilishi‖ bilan, soda gap, to`liqsiz gaplarning bo`lishi, dialog nutqning 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. Shunisi xarakterliki, og`zaki nutqning ba’zi 
shakllari yozma nutqda o`z o`rnini topadi: (keluvdi, kelardi). Og`zaki nutq 
uslubida qisqa hajmli bog`lovchisiz qo`shma gaplar ko`p ishlatiladi, badiiy 
vositalar kam qo`llaniladi. Ayniqsa, ko`p ma’noli so`zlar ko`proq ishtirok 
etadi. Og`zaki nutqda qochirma, piching, hazil-mutoiba, askiya uchun keng 
imkoniyat mavjud bo`ladi. Og`zaki nutq rasmiy – ish yuritish va ilmiy uslubda 
qo`llanilmaydi. 
Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi: 
1. Adabiy so`zlashuv uslubi 
2. Oddiy so`zlashuv uslubi. 
Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan 
va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. 
Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa 
qilish xarakterli xususiyatdir. 
So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor: 
1. Fonetik xususiyatlar. 
2. Leksik-frazeologik xususiyatlar 


30 
3. Grammatik xususiyatlar 
2. Rasmiy uslub. 
Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik 
holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa 
vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy 
hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, 
shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, 
tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, 
ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi. 
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir: 
1) badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi; 
2) uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi: uslubda 
professional terminologiya mavjud bo`ladi; 
3) eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi; 
4) quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi; 
a) tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga 
ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi 
otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va 
h. 
b) noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan 
almashtirilmaydi; 
c) fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib 
turadi; oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, 
bo`shatilsin; 
d) bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda 
bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin; 
e) qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng 
foydalaniladi; 
f) so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq 
gaplar ishlatiladi. 
5) Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka 
rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan 
bo`ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, 
tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. 
Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs 
birlik sonda rasmiylashtiriladi. 
6) Hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan 
ko`proq foydalaniladi. 


31 
7) Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi 
shart. 
8) Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi. 
9) Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin