O‘qituvchi nutqi madaniyati


Ifodali o`qishning ruhiy-grammatik asoslari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
BHNPDB6vFll9yX7R

Ifodali o`qishning ruhiy-grammatik asoslari 
SUR’AT 
Nutqning muayyan tezlikda matn mazmuniga mos ravishda aytilishi 
sur’at deyiladi. 
Sur’at uch turga ajratiladi: 
a) o`rtacha; 
b) tezlanuvchan; 


40 
c) pasayuvchi sur’at (o`qituvchi she’riy va nasriy asarlardagi sur’at 
turlariga amal qilib ifodali o`qib izohlaydi). 
TO`XTAM 
To`xtam (pauza) ovozning vaqtincha to`xtatish (to`xtab qolish, dam 
olish, oraliq) bo`lib, bu davrda nutq a’zolari artukulyatsiyadan to`xtaydi va 
nutq oqimi uziladi. To`xtam davrida nafas olinadi va nutqning navbatdagi 
qismini talaffuz etishga hozirlik ko`riladi. 
To`xtamdan turli maqsadlarda foydalaniladi. Shunga ko`ra u quyidagi 
turlarga bo`linadi: 
a) nafasni rostlash to`xtami. 
Nutqning bir nafas tugaguncha aytilgan qismidan so`ng yangi nafas olish 
uchun qilingan to`xtamni nafasni rostlash to`xtami deyiladi. Bu to`xtamda 
o`pkaga havo olinadi. Shuni ta’kidlash joizki, matnning duch kelgan joyida 
nafas rostlanmaydi. 
b) mantiqiy to`xtam. 
Mantiqiy to`xtam nutqning mantiq tomoni bilan bog`liq bo`lib, so`z 
guruhlarini bir-biridan aniq ajratish, matnning ma’nosini to`la ochish uchun 
xizmat qiladi. Bu to`xtam mantiq qonunlariga bo`ysunib, sintaktik talablarga 
rioya qilinmaydi. 
Orazin yopg`och ko`zimdin sochilur har lahza yosh, 
Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh. 
c) ruhiy to`xtam 
So`zlovchining kuchli hayajonini, borliq voqea hodisalaridan olgan 
taassurotlarin ifodalovchi to`xtam ruhiy to`xtam deyiladi. (misollar she’riy va 
nasriy matnlar asosida keltiriladi). 
d) normal to`xtam. 
Ritmik birliklarning bog`lanish o`rniga mos keladigan to`xtam normal 
to`xtam deyiladi. Normal to`xtam nutqning hajm va ohang jihatidan bir-biriga 
teng qismlari orasidagi to`xtalishdir. Normal to`xtam she’riy nutqda ko`zlangan 
mazmunni ohangni yuzaga chiqarishda muhim ahamiyatga ega. 
Tog`lardagi qip-qizil lola! 
Bo`lib go`yo yoqut payola! 
Buloqlardan uzatadi suv! 
El ko`zidan qochadi uyqu! 
e) tobe to`xtam 


41 
Tobe to`xtam sintaktik tobelik munosabatini ifodalaydi. Odatda, ergash 
gaplar tobelik to`xtami orqali bosh gapdan ajratiladi: Kimning aravasiga 
o`tirsang, o`shaning qo`shig`ini ayt. 
f) ogohlantiruvchi to`xtam. 
O`zidan keyin nutqqa yangi qism kiritilishini ko`rsatish uchun xizmat 
qiladigan to`xtam ogohlantiruvchi to`xtam deb yuritiladi. Yozuvda bunday 
to`xtamni ko`rsatish uchun ikki nuqta qo`yiladi: 
Bir qaraysan: bog`u ko`lda qayiqlar suzar, 
Qayrag`ochlar soyalarin suvlarga cho`zar. 
g) ajratuvchi to`xtam. 
Nutqda ishtirok etuvchi sintaktik birliklarni bir-biridan farqlashni 
ifodalaydigan pauza ajratuvchi to`xtam deyiladi. Bu to`xtam ikki xil. 
1. Sintaktik birliklarni ajratuvchi to`xtam. 
2. Gaplarni ajratuvchi to`xtam (misollar she’riy yoki nasriy asarlar 
yordamida keltiriladi). 
h) Kesim to`xtami 
Predikativlik aloqasini ifodalovchi to`xtam kesim to`xtam deyiladi: 
Uning otasi – tadbirkor. 
i) Birlashtiruvchi to`xtam. 
O`rnida biriktiruvchi bog`lovchilarni qo`shish mumkin bo`lgan to`xtam 
birlashtiruvchi to`xtam deyiladi. 
Nazorat savollari 
1. Ifodali o`qish deb qanday o`qishga aytiladi? 
2. Ifodali o`qishning texnik asoslari deb nimalarga aytiladi? 
3. Ifodali o`qishning ruhiy-grammatik asosi nimalardan iborat? 
Tayanch iboralar 
Ifodali o`qishning texnik asoslari, ovoz, nafas, artukulyatsiya, diktsiya, 
ifodali o`qishning ruhiy-grammatik asoslari, sur’at, to`xtam, nafasni rostlash 
to`xtami, mantiiqiy to`xtam, normal to`xtam, ajratuvchi to`xtam, kesim 
to`xtam, birlashtiruvchi to`xtam. 
A d a b I y o t l a r : 
1. S.Inomho`jayev, A.Zunnunov. Ifodali o`qish asoslari. T., ―O`qituvchi‖, 
1978. 
2. T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. T., O`qituvchi, 1993. 
3. Bahrombek Abdujalil o`g`li. Badiiy o`qish sirlari. Andijon, 1994 y. 


42 
4. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi 
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin