36
Suhbat – ma’lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida bo`lib
o`tadigan nutqiy muloqot.
Suhbat oldiga qo`yilgan talablar:
1. Mavzudan chetga chiqmaslik
2.
Savollarga aniq, qisqa, to`la javob berish.
3. Javob berish jarayonida savolning ahamiyatiga e’tibor berish, dalil va
misollarning ishonarli bo`lishini ta’minlash.
4. Suhbat jarayonida tinglovchilar holati, vaqti qiziqishlari,
mavzuning
dolzarbligini hisobga olish.
5. Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish.
6. Suhbat davomida nutqning ifodalilik, ta’sirchanlik,
mantiqiylik,
to`g`rilik, soflik kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish.
Muhokama
Muhokama – biror masala yuzasidan ko`pchilikning fikrini to`plash,
ma’lum to`xtamlarga kelishini anglatadi.
Muhokama nutqi oldiga qo`yilgan t a l a b l a r:
1. Muhokama mavzuidan chetga chiqmaslik.
2. Fikrni ixcham, soda, ta’sirli qilib ifodalash.
3. Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik.
4. Fikrga mos dalil va isbotlarni aniq, lo`nda qilib keltirish.
5. Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik.
6. Fikrni ifodalash davomida o`zgalar fikriga hurmat bilan qarash,
o`rinsiz bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish.
7. Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik. O`zini og`ir tutish.
Munozara
Munozara – biror masala
yuzasidan taraflarning bahsini, tortishuvini
anglatadi. Bahs jarayonida har bir ishtirokchi o`zining haq ekanligini
isbotlashga intiladi.
Munozarada nutqqa qo`yilgan talablar:
1. Mavzudan chetga chiqmaslik.
2.
Mazmunni ochuvchi, fikrni isbotlovchi dalillarning yetarli bo`lishi.
3. Dalillardan mantiqan xulosa chiqarish.
4. Nutqning ifodali tizimli, hayajonli bo`lishi.
5. Nutq shaklining ixcham, qiziqarli bo`lishi.
6.
Nutq egasining vazmin, og`ir bo`lishi.
7. Suhbatdosh hurmatning ifodasi bo`lishi, uning shaxsiga tegadigan so`z va
gaplarning bo`lmasligi.
37
Notiqlik
Aytilayotgan fikrning tinglovchiga yetib borishi va uning ruhi hamda
xulqiga ta’sir etish notiqlik san’atiga bog`liq.
Notiqona nutq maqsadi va xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga
ajratiladi:
a)
tashviqiy nutq
b) tanqidiy nutq
c) tabrik nutqi.
1.
Tashviqiy nutq deb muallif ko`zda tutgan biron voqea-hodisani
bajarishga tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi.
Tashviqiy nutq oldiga qo`yilgan talablar:
a)
mavzudan chetga chiqmaslik
b) mavzu mohiyatini to`la ochib berish
c) mavzu dolzarbligini uqtira olish.
d) Nutqning ta’sirchanligini oshira olish.
e) Ko`chirma va misollarni o`rinli keltira olish.
Dostları ilə paylaş: