26
O`zbek adabiy tili og`zaki nutq texnikasini rivojiga o`zbek
madaniyatining atoqli namoyondalari –
shoirlar, yozuvchilar. Can’atkorlar,
aktyorlar katta hissa qo`shadilar..
Yozma nutq texnikasi o`z mohiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi.
1. Har qanday yozma nutq uchun zarur bo`lgan texnik xususiyatlar.
―Nutqning aniqligi so`zning narsa va hodisalardan aks etgan borliq belgilari
bilan qat’iy mos kelinishidir‖. Deydi rus tilshunosi V.N.Golovin.
Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi. Narsa aniqligi
nutqda aks
etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nusxa
mazmunining munosabatida ko`riladi. Demak, mavjudlik narsalar,
hodisalar
orqali nutqda aniq aks etgan bo`lsa, bunday nutq aniq hisoblanadi.
Nutqning har tomonlama to`g`rib o`lishi uchun narsa aniqligining o`zi
yetarli emas. Tushunchaviy aniqlik ham bo`lishi zarur. A.Qahhor ―Men
yozilgan sahifani hatto jumlani ham ustidan tuzata olmayman. Jumla hatto
butun bir sahifaning bir so`zini o`chirib, o`rniga, boshqasini yozish uchun
boshqa qog`ozga o`sha jumla, hatto sahifani ko`chirib yozaman.
Nutq bilan
qilingan mehnat dard va quvonchni yuzaga chiqara oladi‖ – degan edi.
Aniq nutq yaratish so`zlovchidan quyidagilarni o`rganish va ularga amal
qilishni talab qiladi:
a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan
kerakli variantni ajratib nutqda qo`llash.
b) Nutqda ishlatiladigan so`zning otlashgan ma’nolarini har tomonlama
bilish; nojiddiy, taxminiy qo`llashlardan qochish; chunki batayn soz qo`llash
nutqni
beburd qiladi;
c) So`zning ko`p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko`p ma’noni soz
nutqda qo`llanganda o`zining qaysi ma’noda ishlatilayotganligini aniq tasavvur
qilish, fikr yuzaga chiqishida bu so`zning boshqa ma’no qirralari mon’elik
qilish-qilmasligini ko`z oldiga keltirish; omonimlarning xususiyatlarini adabiy
normadagi ifodalar bilan yetkazishidir. O`qituvchining tili hamma vaqt o`zbek
adabiy
tili normalarga sodiq qoladi, adabiy tilning go`zal va ta’sirchanligini
o`zida saqlaydi. Adabiy til ma’lum qo`shimchalar, Grammatik kategoriyalarni
qo`llanilishidagi bir xilligi, barqarorligi bilan umumo`zbek harakatlarida
bo`ladi. Shevalardan ustun turadi. Uning ustunligini
bir tomondan adabiy
normalar belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: