24
1. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyoti asoslari. T., ―O`qituvchi‖,
1992.
2. E.A.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., ―O`zbekiston‖, 1980.
3. H.Abdurahmonov, N,Mahmudov. So`z etikasi. T., ―Fan‖, 1981 y.
4. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.:
Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.
4- ma’ruza
NUTQNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
R e j a:
1. Nutqning to`g`riligi
2. Nutqning aniqligi.
3. Nutqning mantiqiyligi.
4. Nutqning sofligi.
5. Nutqning ta’sirchanligi.
Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning
tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina
lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham
ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq
deyilganda aytilmoqchi bo`lgan maqsadning tinglovchi va kitobxonga to`liq
yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko`ra
nutq oldiga ma’lum talablar qo`yiladi. Bu talablar
nutqning mantiq jihatdan
to`g`ri, aniq, chiroyli, erkin, maqsadga muvofiq bo`lishidir. Bu belgilar
nutqning
asosiy sifatlari, xususiyatlari deb qaraladi.
1. Nutqning to`g`riligi.
Nutqning to`g`riligi uning adabiy tili me’yorlariga muvofiq kelishidir.
Bunda quyidagi me’yorlar hisobga olinadi.:
a) talaffuz me’yorlari:
Unli va undosh talaffuzi, so`z tarkibidagi qo`sh va yondosh unlilar
talaffuzi, tutuq belgili so`zlar talaffuzi, kishilarning ism-familiyalari, qisqartma
otlar, qo`shma fe’llar, so`z
birikmalari, morfologik ko`rsatkichlar, so`z
yasovchi forma yasovchi qo`shimchalar talaffuzlari.
b) morfologik me’yorlar:
Adabiy til dialect va shevalardan o`z morfologik me’yorlariga ko`ra ham
farqlanadi. Buni biz adabiy tilda sozlarning kelishiklarda turlanishi, fe’llarning
tuslanishi, son-miqdor tushunchalarning ifodalanish usullarida, shuningdek,
so`z va so`z shakllarining yasalish xususiyatlarida ko`ramiz.
v) sintaktik me’yorlar:
25
Ega-kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo`laklarning ularga bog`lanish
qonuniyatlari.
g) imloviy me’yorlar:
Adabiy til yagona va umumxalq yozuv me’yorlariga tayanadi. Bu
me’yorlar maxsus ishlangan va kelishilgan imlo qoidalarida o`z
ifodasini
topadi. Adabiy til imlo qoidalari bu til yozuvi, yozma shaklida foydalanuvchi
barcha uchun umummajburiydir. Orfografik me’yorlar
va bunga doir imlo
qoidalari adabiy til yozma shaklining takomilida belgilangan omildir.
d) lug`aviy me’yorlar:
Har bir xalq tili o`sha millat a’zolarining erkin va bemalol fikrlasha olishi
uchun yetarli bo`lgan so`z boyligiga ega. Bir tilga mansub bo`lgan bir sheva bu
tilning boshqa guruh shevalaridan, jonli so`zlashuv tili esa adabiy tilda
qo`llanuvchi so`zlar miqdori, xarakteri, shakli, hatto ma’nosiga ko`ra farqlanib
turadi. Mana shunday xususiyat
adabiy til bilan shevalar, jonli so`zlashuv tili
bilan adabiy til doirasida ham mavjuddir. Demak, tildagi barcha sozlar adabiy
tilda qo`llanilavermaydi.
Dostları ilə paylaş: