O‘qituvchi nutqi madaniyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

1- dialektal leksika; 
2- so`zlashuv leksikasi; 
3- an’anaviy leksika; 
4- kitobiy leksika; 
5- ilmiy-terminologik leksika; 
6- kasb-hunar leksikasi 
7- arxoizmlar; 
8-tarixiy leksika 
Til jamoasi afzal deb bilgan ko`nikmalar yig`indisi tilning umumiy 
me’yorni tashkil etadi. Umumiy me’yor usual me’yordir. Umumiy me’yor 
qardosh tillarga nisbatan belgilanadi. O`zbeklar nutqini qardoshlar tilidan 
ajralib turadigan me’yorlar o`zbek tilining umumiy me’yoridir. Bu me’yor juda 
qattiq amal qiladi. Ma’lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o`sh 
hududida yashaydigan aholi uchun beistisno tushunarli bo`ladi. 



Adabiy til – hamma birdek foydalanadigan til. Uning umumxalqiyligi 
shunda ko`rinadi. Me’yor ma’lum bir til jamoasi uchun mustahkam qo`llanib 
kelayotgan lisoniy hodisalar yig`indisidir. 
1. Fonetik me’yori. 
2. Talaffuz me’yori. 
3. So`z yasash me’yori. 
4. Morfologik me’yor. 
5. Sintaktik me’yor. 
6. Uslubiy me’yor. 
7. Lug`viy me’yor. 
Til me’yorining fonetika, grammatika va boshqalarda bir variantni 
tanlash qandaydir darajada qat’iy bo`lsa ham, lug`aviy me’yorlar haqida gap 
ketganda voz kechish kerak deb bo`lmaydi. 
Tilning lug`aviy boyligidan foydalanganda me’yorning imkoniyati 
muallifga takrorni, bir xillikni yengishda chiroyli nutq tuzishda qo`l keladi. 
Nutqning to`g`riligi uning adabiy me’yorlariga mosligidir. Nutq o`zida adabiy 
tilning fonetik talaffuz, lug`aviy so`z yasalishi Grammatik uslubiy me’yorlarini 
mujassamlashtirgan bo`ladi. Nutqning to`g`riligi uning eng aloqaviy fazilatidir. 
 
Talaffuz me’yorlari. Nutq shaxsiy hodisa. Agar so`zlovchi adabiy 
me’yorlarini kishi egallamagan bo`lsa yoki o`z shevasi bergan shaxsiy 
variantni afzal deb qarasa, uning puxta adabiy me’yordan cheklanishi mumkin. 
O`zbek tili xususiyat jihatidan uch lahzadan iborat. 
Kelishik me’yorlari. Adabiy tilimizda ―kuchli‖ va ―kuchsiz‖ me’yorlari 
bor.
Kuchli me’yorlar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt 
amalgam oshiriladi. 
Kuchsiz me’yorlar og`zaki nutqida ham e’tibor berilishi oqibatida yuzaga 
keladi. 
O`zbek tilining qorluq lahjasidagi maxsus shahar shevalarda qaratqich va 
tushum kelishiklari bir xil ko`rsatkichga ega, ya’ni 2 kelishik uchun ham –ni 
xizmat qiladi. 
Qaratqich-qaralmish aloqasida xoslik ma’nosi ifodalanishida ba’zi bir 
o`zgacha sharoitlarda qaratqich ko`rsatkichi ishlatilmaydi. Masalan: O`zbek 
tili, shahar kengashi, bahor fasli. 
Turli sabablarga ko`ra kelishik joylarini almashtirib ishlatish, ya’ni 
hamma hollarda ham hozirgi zamon o`zbek tili normalarini buzish hisoblanadi. 
Birlarni bee’tiqod. 
 
Birlarni riyo ko`rdim. 
Tushum kelishigi affiksini vazn talabi bilan tushirib qoldirsa, she’rda 
g`alizlikni hosil qiladi: 
Quloq soling alvon-alvon so`zlarga, 
 
Karvon yurar olsiz to`la tuzlarga, 
 
Uyga keeling, ikki birday miyani 



 
Urush janjal kim qo`yibdi sizlarga. 
Turkiy xalqlarning ba’zilari tilida jo`nalish kelishigi o`rnida ayrim 
hollarda o`rin-payt kelishigidan foydalanish uchraydi. 
Suratda ra’nosan o`zing, men mubtalo qayda boray? 
 
Egalik qo`simchasidan foydalanish me’yorlari. 
Egalikning ifodalanmasligi birinchi shaxsga qarashli predmet boshqasi 
bilan qiyoslanganda ham yuz berishi mumkin. Masalan: Ombizning oti yuz km 
yo`lni ham pisand qilmaydi. 
Egalikdan foydalanish me’yorlariga zid holda egalik qo`shimchasini 
tushirish hollari og`zaki nutqda ko`zga tashlanmoqda. Masalan: mehnatkashlar 
tovushi. 
Nazorat savollari: 
1. Nutq madaniyati nima? 
2. Nutq madaniyati fani predmeti nima? 
3. Nutq qanday turlarga bo`linadi? 
Tayanch iboralar. 
Nutq madaniyati, nutq madaniyati fani predmeti, ichki nutq, tashqi nutq, 
og`zaki va yozma nutq. 
Adabiyotlar: 
1. Barkamol avlod orzusi. T., ―Sharq‖, 1999. 
2. I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka 
ishonchdir. T., ―O`zbekiston‖, 2000. 
3. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi 
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 
4. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., 
―O`qituvchi‖, 1992. 
5. A.G`ulomov, 
B.Qobilova. 
Nutq 
o`stirish 
mashg`ulotlari. 
T., 
―O`qituvchi‖, 1995. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin