O‘qituvchi nutqi madaniyati


TILNING TASVIRIY VOSITALARI VA NUTQ MADANIYATI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

TILNING TASVIRIY VOSITALARI VA NUTQ MADANIYATI 
 
R e j a: 
1. Til vositalari va ularni qo`llash shartlari. 
2. Trop va uning turlari. 
3. Uslubiy figuralar. 


33 
So`zlovchi yoki yozuvchi o`zi bayon qilayotgan tinglovchiga ixcham
aniq, ta’sirchan va tushunarli qilib yetkazib borishga harakat qilishi shart. 
Ko`pincha biror narsa belgi xususiyatini tinglovchi yoki o`quvchiga tushunarli, 
aniq qilib tasvirlab berish uchun uzundan-uzoq va birdan ortiq gaplarga 
murojaat qilishga to`g`ri keladi. Shunday vaqtlarda so`zlovchi yoki yozuvchi 
ayni shu fikrni bayon qilib berishda uzundan-uzoq gaplarni qatorlashtirishdan 
qochib, boshqa vositalardan foydalangan holda lo`nda va aniq qilib 
tushuntirishga 
erisha 
oladi. 
Bunday 
vositalarni 
tilshunoslik 
va 
adabiyotshunoslikda ifoda-tasviriy vositalar deyiladi.
Tasviriy vositalarni og`zaki va yozma nutqda qo`llashda quyidagi 
shartlarga rioya qilinadi: 
1. Tasviriy vosita turini, tabiati va xususiyatini yaxshi bilish. 
2. Tasviriy vositadan o`rinli, me’yorda foydalanish. 
3. Tasviriy vositani qo`llashda muayyan tizimga amal qilish. 
4. Tasviriy vositaning ruhiy tasvirini hisobga olish. 
5. Tasviriy vosita bilan mazmunning uyg`unligini ta’minlash. 
Trop va uning turlari. 
Ifodalilik, ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash uchun biror narsaning 
nomini, belgisini ikkinchisiga ko`cherish, o`xshatish yoki so`zlarni shu 
maqsadda umuman ko`chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi. 
1. E p i t e t – (gr.izohlash) – badiiy ifodalikni kuchaytirish uchun 
ishlatiladi: oltin kuz, baxmal qir, po`lat ot kabi. 
2. O` x sh a t i sh – narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshashlikka 
asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to`laroq, 
aniqroq, bo`rttiribroq ko`rsatib berish; 
Yoqut payola, suvga tushgan mushukday, xuddi shunday va hokazo. 
3. M e t a f o r a – (gr.ko`chim) – obrazlilik, ekspressiv bo`yoq berish 
niyatida narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshashlikka asoslanib, so`z yoki 
iboralarni ko`chma ma’noda ishlatish. 
a) soda metafora: gumbaz, ilon, lochin… 
b) kengaygan metafora; zangora kema, oq oltin, po`lat qush kabi. 
4. M e t o n i m i y a – (gr. Boshqacha nom berish) Tashqi va ichki 
tomondan bir-biriga aloqador narsa yoki hodisalarning nomi boshqa narsa yoki 
hodisaga ko`chiriladi. 
Metonimiya ko`rinishlari quyidagicha: 
a) narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi o`sha narsa (idishga) o`tkaziladi: 
Bir tovoq (palov) bir kosa (lag`mon), bir payola (choy). 
b) Muallifning nomi asarning nomi bilan qo`llanadi: Hamzani o`qimoq, 
Cho`lponni yodlamoq kabi. 


34 
c) Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan 
almashtiriladi: A.Qahhor – qalami o`tkir yozuvchi, uning qo`li yengil. 
d) Biror narsa u yasalgan material bilan almashtiriladi: Atlas kiydi, 
qog`ozini tekshirishdi va h. 
e) Ma’lum mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o`rinda yashab turgan 
kishilar ma’nosi shu yerga, davlat yoki mamlakatga ko`chiriladi: 
Majlisga butun qishloq yig`ildi va h. 
f) Aniq tushuncha nomi o`rnida mavhum ma’noli ot qo`llaniladi: Majlis 
raisga qaradi: yig`ilish qaror qildi va h. 
5. C i n e k d o x a – narsalarning son yoki butun qismlari orasidagi 
munosabatning nazarda tutilishi. 
Sinekdoxaning quyidagi ko`rinishlari mavjud: 
a) butun o`rnida qism qo`llanadi. 
Mo`ylov kulib qo`ydi. 
Uning, har qalay, yopig`I bor. 
b) Qism o`rnida butun qo`llanadi: 
Besh qo`l baravar emas. Dasturxonga qarang. 
c) Jins o`rnida tur ishlatiladi: pushka-qurol, bedana-qush, sazanbaliq kabi. 
6. A l l e g o r i y a (gr. Piching, kinoya) – mavhum tushunchalarni aniq 
narsa bilan almashtirish. Ko`rpangga qarab oyoq uzat. 
7. S i m v o l – hayotiy voqea, tushuncha va narsalar ifodasi uchun 
shartli ravishda ko`chma ma’noda ishlatiladigan so`z: tong – yoshlik, tun – 
baxtsizlik, qora – motam. 
8. I r o n i y a (gr.kesatik) – biror shaxs yoki uning qilig`I, hodisa 
ustidan kulish: Kam bo`lmang! Qayt! Bopladingiz! 
9. A n t i f r a z a – biror shaxs yoki narsaga xos bo`lgan u yoki bu 
xususiyat kulgili ohang bilan inkor qilinadi: shirin odam, nimjon ayol (semiz) 
kabi. 
10. S a r k a z m – (gr. Achchiq) shaxs, narsa yoki hodisaning salbiy 
tomonini ko`rsatish: farishta ayol, bejirim nusxa, yoqimli ish kabi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin