O‘qituvchi nutqi madaniyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix16.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#75492
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
BHNPDB6vFll9yX7R

3. Ilmiy uslub. 
Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. 
U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy 
kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi. 
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi 
umumiy xususiyatlari bor: 
1) axborotning ob’yektivligi, aniqligi; 
2) nutqning ma’lumotlarga boyligi; 
3) fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi; 
4) muallif individualligining sezilmasligi; 
5) emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi; 
6) atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi; 
7) matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi; 
8) adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi
9) fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi; 
10) 
ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning 
tushib qolishi); 
11) 
turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi; 
12) 
otlarni, asosan, birlikda ishlatish; 
13) 
matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish; 
14) 
maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining 
qo`llanishi. 
4. Publitsistik uslub. 
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan 
barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va 
og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga 
bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar
deklaratsiyalar uslubning yozma turidagi asarlaridir. 
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos 
xususiyatlariga ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga 
bo`ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, 
hozirjavoblik, o`tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va 
targ`ibot kabi xususiyatlar mavjud bo`ladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin