27
ifodalanayotgan fikrning to`liq
borib yetmasligiga, ba’zan, umuman,
anglashmasligiga olib kelishi mumkin.
Nutqning mantiqiy buzilishi, eng avvalo, so`zlovchi
va yozuvchining
tafakkur uquvi, qobiliyati bilan bog`liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina
lisoniy hodisa sanalmasdan, balki tafakkur hodisasi ham sanaladi.
Bunda
mavzu bo`yicha mavjud bilim asosida mulohaza yurgizish diqqatga sazovordir.
So`zlarning o`zi ifodalanayotgan narsa-hodisalarga mos ravishda fikrning
aniq ifodalanishi narsa mantiqiyligi bo`lsa, soz birikmalari, gaplar, hatto butun-
butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga
bo`ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir.
Mantiqiylik shartlari:
a) tushunchalar
mantiqiyligiga rioya qilish;
b) uslubiy me’yorga amal qilish;
c) leksik-semantik va sintaktik me’yorga rioya qilish.
Mantiqiyligiga putur yetgan gaplarga misollar:
- Olti oylik davlatga sut sotish rejasi bajarildi.
- U bir kitobga 5 so`mdan qo`yib sotmoqda.
- Akulalar tirik bola tug`adi.
- Erkak paypoqlar narxi 30 foizga arzonlashdi.
O`qituvchi nutqining mantiqiyligi. Nutqda bayon etilgan fikrning
qismlari va alohida fikrning o`zaro mutanosibligi mantiqiyligi deb yuritiladi.
Mantiqli nutqda gaplardan fikrlar butun nutqdan kelib chiqadigan
fikrning qismlari hisoblanadi. Ular orasida ziddiyat bo`lmaydi.
Mantiqiylik aniqlikka suyanadi. Noaniq nutq mantiqiy bo`la olmaydi.
Nutqda mantiqlikka erishish uchun unda qo`llangan so`zlar
bilan ularning
predmetlik ma’nolari mos bo`lishi lozim.
So`zlar qat’iy aniqlikda qo`llanganda ham mantiqlik buzilishi mumkin,
chunki aniqlik leksik nutq bilan mantiqiylik sintaktik qurilishi bilan
bog`langandir. Mantiqiylikning predmet mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligi
deb ikkiga ajratish mumkin. Predmet mantiqiyligi
nutqda til birliklarining
o`zaro ichki munosabatlari mosligidan iborat.
Tushuncha mantiqiyligi mantiqiy fikr tuzilishi hamda bu tuzilishning
nutqdagi til belgilari ma’no aloqalaridan iborat.
Mantiqiylikni ta’minlash 2 shartga asoslanadi. Birinchisi, ekstrolingvistik
shart. Bu shart to`g`ri mulohaza qilishning normalari va printsiplarini
egallashni taqozo etadi. To`g`ri nutq
uchun kurashuvchi eng avvalo, mantiqiy
fikrlashni o`rganishi lozim.
Ikkinchi shart sof lingvistik bo`lib, nutqiy tuzilish belgining bir-biriga zid
bo`lmasligini, mazmuniy bog`liqligini uyushtiruvchi til vositalarini bilishni
talab qiladi.