O’qituvchi: Solieya Rahimaxon



Yüklə 149,23 Kb.
səhifə4/19
tarix27.12.2023
ölçüsü149,23 Kb.
#200224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
9-sinf-3-chorak

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomatni aniqlash. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish. O’quvchilarni qatorlarga bo’lish. Ma’naviy daqiqa.
O’tilgan dars: “Chizmachilikda shartlilik va soddalashtirishlar” mavzusi bo`yicha 4 ta savolga qatorlardan javoblar eshitiladi.
18.7-chizma A topshirig’ining bajarilganligi tahlil qilinadi.
Yangi mavzu: Xalq xo’jaligining turli sohalarida yangi buyumlarni ixtiro qilish, amaldagilarni takomillashtirish yoki qayta ishlab chiqish loyihalash deb ataladi. Loyihalashga doir ishlar har doim grafik tasvirlar, ya’ni, chizmalar, eskizlar, texnik rasmlar chizish bilan bog’liq bo’ladi.
Konstrukiv elementlar ya’ni teshiklar, o’yiqlar shaklini biroz o’zgartirish, burchaklarni yumaloqlash kabilar kiritilib, yangi foydali sifatlar berish orqali buyumning og’irligini kamaytirish, pishiqligini oshirish, ishlov berishni soddalashtirish, foydalanishga qulaylik, ko’rinishini chiroyli bo’lishligi nazarda tutiladi.
19.1, 19.2, 19.3 – chizmalar tahlil qilinib, tushuntiriladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari: 19.4-chizma-detal shakli belgilangan nuqtali chiziq bo`yicha loyihalansin. O`quvchilar musobaqa usulida bajara boshlaydilar, sinf taxtasida qatorlardan 1 nafardan o`quvchilar chiqib chizib ko`rsatadilar.
Mustahkamlash: Qatorlarda savol-javoblar o`tkaziladi.
1. Loyihalash deb nimaga aytiladi?
2. Loyihalashga doir ishlar nimalar bilan doimiy bog`liq bo`ladi?
3. Loyihalashga nima kiradi?
Baholash: Bajarilgan chizmalar tahlil qilinadi. O`quvchilar va qatorlar faoliyatiga ballar qo`yiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob yozish, 19.4-chizmani davom ettirib tugallash,
19.5-chizma topshirig`ini bajarish.


Ko’rdim:_______________O’TIBDO’_______________________2015
9-sinf. Chizmachilik. 19-dars______________________________________2015
Mavzu:Loyihalash elementiga doir grafik masalalar.

Yüklə 149,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin