Mavzu: Detalning fazoviy holatini o’zgartirishga oid ijodiy grafik ishlar. 2-soati.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga loyihalash, ijodiy grafik masalalar va detalning fazoviy holatini o’zgartirishga oid bilimlarni berish.
Tarbiyaviy maqsad: Loyihalash jarayonida ko’p fanlardan har tomonlama keng, atroflicha va ijodiy fikirlashni talab qilish zarurligini o’quvchilar ongiga singdirib borish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Loyihalash elementlariga oid ijodiy masalalar yecha olishni shakllantirish.
Dars turi: Takomillashtirish.
Minimal talablar: Detalning geometriyasini qisman o’zgartirish, ijodiy grafik masalalar, detalning fazoviy holatini o’zgartirish haqida bilimlar berish.
Dars metodi: suhbat o’tkazish va darslik bilan ishlash, musobaqa, test usullari, mustaqil loyihalash, guruhlar bilan ishlash, amaliy mashg’ulot
Asosiy tushuncha va atamalar:Loyihalash, ijod, fazoviy holat.
Dars jihozi: Loyihalashga oid plakatlar, modellar, detallar