O\'qituvchi va o\'quvchi o\'rtasidagi nizolarning o\'ziga xos xususiyatlari
II. Xulosa Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, so‘nggi vaqtlarda zamonaviy jamiyatdagi insonga bo‘lgan turli ilmiy-texnik, ma’naviy, iqtisodiy ta’sirlarning xaddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatda
yashash tarzining murakkablikka tomon ortib borayotganligi, odamlar to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan turli konfliktli vaziyatlarda yoshlarni jamiyatda mustaqil va faol fukaro sifatidagi ishtiroki uchun zamin yaratish, boshqa insonlar bilan tabiiy bo‘lgan turli ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ruhiy, psixologik muloqotlarda ular ongi, tafakkuri va axloqida kamtarlik, mehribonlik, halollik,
to‘g‘riso‘zlik, samimiylik, vijdoniylik, o‘z so‘zida turish kabi hislatlarni tarbiyalash lozimdir.
O‘zining kasbiy nuqtai nazarini anglash, o‘quvchi xulqi motivlarini tushunish o‘qituvchiga o‘zining shaxsiy hissiyotlari asiridan chiqish (bu esa oson emas) va bola kechinmalariga hamdard bo‘lishga yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda shaxs yuksalishining har bir davrini «boshdan kechiradi», ularning omadsizliklariga kuyinadi, muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘ladi, xulq va ishilarining barbod bo‘lganidan xafa bo‘ladi. Bag‘rikenglik bilan ularni kechiradi - bularning hammasi o‘qituvchining obro‘sini to‘kmaydi, balki ularning nuqtai-nazarlarini hissiy yaqinlashtiradi, bir-birlarini tushunishlariga olib keladi, o‘quvchilar bilan munosabatlardagi stereotiplardan qutulishga yordam beradi. Bularsiz pedagogik hamkorlik o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Bunda o‘qituvchi eng yomon o‘quvchining ham yaxshi tomonini ko‘ra oladi, uning to‘zalishiga umid qiladi. Kunlardan birida matematika o‘qituvchisi o‘qituvchilar xonasida, xursandchilik va hayrat bilan Tolib (juda «og‘ir» bola)ning ishini ko‘rsatdi: «Qaranglar Tolib darsda grafik chizdi. Bilasizlarmi, sezdirmay sekin yuziga qaradim: diqqati jamlangan, mehrli va chiroyli. Bu daqiqada u o‘zgacha edi. Balki, biz uni erta «og‘ir»ga chiqarib qo‘ygandirmiz, a?» O‘quvchilar o‘zlari bilan xursandchiliklarini bo‘lisha oladigan o‘qituvchilar bilan bo‘lgan munosabatni qadrlaydilar. Bunday munosabatlarda konfliktlar ham ro‘y berib turadi, ammo ularni hal qilish osonroq, munosabatlar konfrontatsiyagacha yetib bormaydi.