O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolarning o'ziga xos xususiyatlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 36,8 Kb.
səhifə2/7
tarix19.10.2023
ölçüsü36,8 Kb.
#157380
1   2   3   4   5   6   7
O\'qituvchi va o\'quvchi o\'rtasidagi nizolarning o\'ziga xos xususiyatlari

II. Asosiy qism
1. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar
Pedagogik psixologiyada respublikamiz, sobiq ittifoq va chet el tadqiqotchilari tomonidan o‘qituvchi shaxsi va faoliyati psixologiyasi bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. O‘qituvchining professional-psixologik portreti, u ega bo‘lishi lozim bo‘lgan asosiy sifat va qobiliyatlar to‘plamlari aniqlangan. Lekin bir hurmatli olimimizning yarim hazil, yarim chin qilib "agar bug‘doy seleksiyasi bo‘yicha amalga o‘shirilgan barcha ilmiy tadqiqotlar to‘g‘ri chiqqanda bug‘doy ildizidan uchigacha don tugishi kerak edi" - deganidek ilmiy tadqiqotlar son-sanoqsiz-u, lekin hali ham maktablarda o‘qituvchilar shaxsi xususiyatlari bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda. O‘rta va oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi va tarbiyachilar o‘zlarining qo‘polliklari va yoshlarga nisbatan taxqirlovchi muomalalarini "bolalar bilimli bo‘lsin" - degan maqsad bilan oqlamoqchi bo‘lishadi. Bu xuddi o‘sha mashhur "maqsad usulni oqlaydi" - degan qoidaga o‘xshaydi. Go‘yoki bunday o‘qituvchilar bilim va yetuk shaxs tushunchasi teng kuchli emasligini bilishmasmikan degan tasavvur tuyiladi. "Mabodo biror o‘quvchi o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o‘qituvchi hukmron. U boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: "Mening aytganim-aytgan, deganim-degan". Psixologiyada o‘qituvchi va umuman inson shaxsi bilan bog‘liq tushunchalar ichida "Men - konsepsiya" tushunchasi alohida o‘rin tutadi. Bu tushuncha shaxsning boshqalar bilan munosabatini belgilab beradigan o‘zi haqidagi tasavvurlar to‘plamidan iborat deb izohlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida esa "Men- konsepsiya" yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi, chunki
o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib baho beradi, ularga o‘zi o‘zlashtirgan tajriban uzatadi, singdiradi. Agar o‘qituvchi ijobiy "Men- konsepsiya"ga ega bo‘lsa, ya’ni unda shaxsiy to‘laqonlik hissi mavjud, yetarlicha emotsional barqaror va yetuk bo‘lsa unda bunday o‘qituvchining bolalar bilan munosabati faqat ijobiy tasavvurlar asosiga quriladi, o‘qituvchi bolalardan o‘ziga nisbatan salbiy munosabatni kutmaydi, chunki bunday o‘qituvchida o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki o‘qituvchining ijobiy "Men - konsepsiya"si o‘quvchi shaxsi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki inson yoshidan qatoiy nazar o‘z faoliyatiga nisbatan ijobiy baholashga ehtiyoj
sezadi, bunday munosabat va ibrat esa bolada ijobiy xarakter hislatlarini shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Agar o‘qituvchi salbiy "Men - konsepsiya"ga ega bo‘lsa, buning oqibati o‘quvchi shaxsi uchun og‘ir, ba’zan fojeali oqibat bilan tugashi ham mumkin. Nima uchun o‘qituvchining ijobiy "Men - konsepsiya"si, yetukligi va emotsional barqarorligi shunchalik muhim. Gap shundaki aksariyat bolalarning asosiy muammolari ularning o‘qituvchilar bilan o‘zaro hamkor munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Ba’zan o‘quvchilar o‘zlarining luqmalari, savollari va mulohazalari bilan bunday o‘qituvchilarni noqulay ahvolga solib qo‘yishadi. O‘ziga ishonmaydigan, salbiy "Men - konsepsiya"gao ega bo‘lgan o‘qituvchilar bunday o‘quvchilarga zo‘rg‘a chidaydilar, ba’zan esa umuman toqat qilolmaydilar "ularni chaynab olishga, o‘rniga qo‘yib qo‘yishga, uzib olishga harakat qiladilar, bu esa o‘quvchilarning shaxsiy va aqliy taraqqiyotiga albatta salbiy ta’sir qiladi". "Men - konsepsiya" doirasida o‘qituvchining shaxsiy yetukligi va emotsional barqarorligi ham muhim ahamiyatga ega. Yetuklik tushunchasi turli davr va ta’limotlarda turlicha talqin qilinib kelingan. Diniy falsafiy ta’limotlarda bu – ma’lum ko‘nikma amallarni egallagan, o‘z psixik holatini boshqara olish deb talqin qilinsa, totalitar uzumlarda bu - mafkuraga ko‘r-ko‘rona sodiqlik va unga og‘ishmay amal qilish deb izohlangan. Har bir jamiyat o‘z axloqiga, ijtimoiy norma va qadriyatlariga ega. Lekin jamiyatning har qanday talabi ham maqsadga muvofiq degan mezon yo‘q. Agar inson ijtimoiy ongning oddiy ijrochisiga aylansa, unda ijtimoiy oriyentatsiya, mustaqil fikrlash yo‘qoladi. "Inson xulqni boshqaruvchi tartib qoidalarga qanchalik sodiq bo‘lsa, o‘z-o‘zi bilan shunchalik ziddiyat holatida bo‘ladi. Xulq tartib qoidalariga kuchli tobelik kuchli nevrotik holatga sabab bo‘ladi. Hech qanday xulq
tartib qoidasi odamning psixik solomligini belgilab berolmaydi. Haqiqiy psixologiya uchun faqat insongina muhim. Hamma xulq tartib qoidalari mezonlari turli-tuman va markazga intiluvchi kuchga ega. Shunday hodisalar bo‘lganki, o‘z g‘oyasining fanatigini ko‘rgan zaxotim unda psixologik komplekslar va psixopatologiyani aniqlaganman". (Antonio Menegetti) "yetuk", aslida psixologik kompleksga ega bo‘lgan odamlar o‘zlarining ruhiy holatlarii bevosita boshqalarga ko‘chirishadi. Yetarlicha yetuklikka, ya’ni mustaqil, ongli munosabatga va emotsional barqarorlika ega bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘zlarining shaxsiy muammolarini bevosita bolalarga ko‘chirishadi: yetarlicha bo‘lmagan shaxsiy emotsional barqarorliklari va muvozanatsizliklari ular tomonidan bolalarning tarbiyasizligi sifatida idrok qilinadi. Bolalarning oddiy sho‘xliklarini hurmatsizlik, bolalarcha soddalikni odobsizlik, bolalarcha samimiylikni bunday o‘qituvchilar qo‘pollik o‘rnida qabul qilishadi. Shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, agar o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammo paydo bo‘lsa, sababini birinchi navbatda o‘qituvchidan qidirish kerak. Fikrimizcha bu yerda o‘ziga xos "yopiq doira" hodisasi muhim rol o‘ynaydi. Salbiy "Men - konsepsiya"ga ega bo‘lgan o‘qituvchi ishonchsizlik, mustaqil fikrlay
olmaslik, emotsional muvozanatsizlikni shakllantiradi. Keyinchalik tarbiyalanuvchilar voyaga yetib, birlari ota-ona sifatida, birlari o‘qituvchi sifatida o‘zlari o‘zlashtirgan tajribani keyingi avlodga singdirishadi. Buning oldini olish uchun o‘rta va oliy ta’lim pedagog xodimlarining sayi-harakatlari, yosh avlodga mehr-muxabbati va sabr-toqat bilan yondashib, o‘z salbiy xususiyatlarini yo‘qotib, ijobiy "Men - konsepsiya"ni shakllantirishi muhim sanaladi.
Bizga ma’lumki tarbiyasi qiyin o‘smirlarlarning shakllanish sabablaridan biri o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan salbiy munosabatidir. Demak, o‘smir xulqida chetga og‘ish natijasida o‘qish kundalik faoliyat funksiyasini yo‘qotadi. Natijada o‘yin kulgugiga mukkadan ketish, ko‘chalarda izg‘ib yurish hollari vujudga keladi, ya’ni o‘z xohlaganicha "xordik" chiqarishga intiladi. Keyingi davrlarda pedagogik qarovsiz qolgan o‘quvchilar uchun xordiq chiqarishning ikki turi tipik hisoblanadi. Ularning aksariyati do‘stlar bilan maqsadsiz vaqt o‘tkazishni yoqtirsalar qolganlari pala-partish tarzda musiqa eshitishni istaydilar. Ko‘pchilik pedagogik qarovsiz o‘quvchilarda ikkinchi yilga qolish hollari uchraydi. Bu holat esa ularning xulq-atvorida ayrim o‘zgarishlar va kechinmalarni vujudga keltiradi. Sinfda o‘smir o‘zini erkin his qila olmaydi. Uning yoshi sinfdoshlaridan bir oz katta, lekin, bilim saviyasi past, ko‘pchilik fanlarni o‘zlashtira olmaydi. Ya’ni, o‘zlashtirishda orqada qoladi. Shu tufayli ular sinfdoshlari orasida mavjud axloq
normalariga zid bo‘lgan turli yo‘llar bilan o‘zlarini ko‘rsatishga, o‘quvchilar jamoasida "lider " bo‘lishga harakat qiladilar. Ba’zan o‘qituvchilar ham, sinfning a’lochi o‘quvchilari ham ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lsalar-da yordam berishga xohishlari yo‘q bo‘ladi. Natijada ularning fanlarga, umuman o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari doirasi pasayadi, mazmunan qoloqlashib qoladi. Bundan tashqari o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasinio‘rganishda psixik jarayonlardan diqqat va xotira muhim rol o‘ynaydi. Bizga ma’lumki odamning har qanday aqliy harakatlari diqqatsiz amalga oshmaydi. O‘quvchilarning diqqati o‘quv ishiga jiddiy qaratilgandagina o‘quv materiali to‘la anglanib va mustahkam o‘zlashtirib olinadi. Demak, o‘zlashtirishga iynalayotgan bunday o‘quvchilarda diqqat barqaror bo‘lmaydi, uning qo‘zgoaluvchanligi ustun turadi. Ularda diqqat bo‘linuvchan parishonxotirlikka moyil bo‘ladi. Diqqat o‘z navbatida xotira jarayoni bilan bog‘liqdir. Inson diqqatini bir ob’yektga to‘la qarata olmaganidan keyin albatta uning xotirasida to‘la esda qolmaydi, natijada maktabda beriladigan bilimlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga uchraydilar. Shunday qilib ular fanlarni bo‘sh o‘zlashtiradilar yoki umuman o‘zlashtira olmaydilar. Demak, o‘smirlarning o‘zlashtira olmasligining asosiy sabablari sifatida: 1. Bilim olish faolligining pastligi; 2. Bilimga qiziqishning kuchsizligi; 3. Zarur yordam bo‘lmasligi tufayli, ayrim fanlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarinng ortib borishi; 4. Aqliy o‘sish nuqsonlari, ya’ni psixologik ko‘rinishlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘zlashtirmasligining sabablari quyidagilar ham bo‘lishi mumkin, ya’ni soligining yomonlashuvi, ovqatlanishining yaxshi
emasligi, ish qobiliyatining sustligi. Bu hususda shoshilinch choralar ko‘riladi. Boshqa sabablarga, oiladagi munosabatlarning yomonlashuvi, konfliktlar, janjallar, ota-onaning spirtli ichimliklar ichishi kiradi. Albatta bu salbiy hodisalarga ota-onalarning o‘zlari barham berishlari, ba’zan esa ularga jamoatchilik orqali ta’sir o‘tkazish lozim. O‘quvchilarning o‘zlashtirmasliklarining yana bir keng tarqalgan sabablaridan biri o‘quv mehnati ko‘nikmalarining shakllanmaganligi, topshiriqlarni bajarish tartibini to‘g‘ri tanlay olmaslik, o‘qish va yozishdagi sustlik, uy vazifasini olingan kunda bajarmaslikdir. Shunda o‘quvchiga yordam ko‘rsatish chorasini jamoa bilan belgilash va uni ota-onalar bilan birgalikda amalga oshirmoq zarur. O‘zlashtirish va xulqdagi nuqsonlarning sabablaridan biri o‘qishga sitqidildan yondoshmaydigan tengdoshlarning ta’siridir. Bunday holatda sinf rahbari va ota-onalar bolaning
tengdoshlari bilan munosabatida yangi, nisbatan foydali aloqalarni o‘rnatishga harakat qiladilar. O‘zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va uning oldini olish o‘quvchilarning bilim faoliyatiga, intellektual sohalarga oid xususiyatlarini, shuningdek ularning shaxsiga oid ba’zan bir xususiyatlarini sinchiklab tahlil qilish asosida muttasil o‘zlashtirmaslikning oldini olish va unga barham berishning optimal yo‘llari aniqlangan. Muttasil o‘zlashtirmaslikka barham berish uchun o‘quvchining o]z kuchiga ishonishi, o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlariga ishonch bilan qarashi
muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchini u o‘quv materiallarini o‘z o‘rtoqlaridan yaxshiroq bila olishi va tushina olishiga "qiyin" degan narsa "qilib bo‘lmaydi" degan ma’noni bildirmasligiga ishontirish kerak. o‘qituvchilar shu narsani hamisha esda tutishlari lozimki, o‘z kuchiga ishonch bilan qarashni tarkib toptirish o‘quvchiga dastlabki va o‘z muvaffaqiyatlarini ham his qilishiga yordam beradi. Shu sababli o‘zlashtirmovchi o‘quvchi bilan ishlashni shunday tashkil etish muhimki, u ‘zini ilgarilab borayotganini his qilsin. Unga dastlabki muvaffaqiyatlari quvonchini his etishga
imkon berish kerak. O‘qituvchi o‘quvchining garchi oz bo‘lsa ham, erishgan muvaffaqiyatlarini ta’kidlash, uning diqqat e’tiborini erishgan ayrim yutuqlariga qaratish uchun har bir imkoniyatdan foydalanishi muhim.



Yüklə 36,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin