1-mashg’ulot. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. O’qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rni. (2 soat) Savollar: O’qituvchi shaxsi va faoliyati haqida tushuncha. Oq’ituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda o’qituvchi shaxsiga quyilgan talablar.
Pedaglikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilishdir.
Inson nutqining rang-barangligi. Do'stlariing suhbati ham, san'atkorning sahnadagi monologi ham, talabaning auditoriyadagi javobi ham nutqning bir ko'rinishidir.
Nutq texnikasi va uning elementlari Nutq texnikasi – muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'quv soatlarining to'rtdan bir, ba'zan ikkidan bir qismi o'qituvchi nutqi orqali amalga oshiriladi. O'quvchilar o'qituvchi nutqiga nisbatan juda sezgir bo'lib, o'qituvchining xatolari, noto'g'ri talaffuz bolalarda kulgu uyg'otsa, monoton ohang ularni zeriktiradi, noto'g'ri intonasiya esa nutqning yasama ekanligini ko'rsatadi va bolalarni o'qituvchidan uzoqlashtiradi. Fiziologlar fikricha o'zgartirib bo'lmaydi deb hisoblanadigan tovush tembrini ham mashq qilish asosida o'zgartirish mumkin ekan. Masalan Qadimgi Greqiya yashab o'tgan buyuk orator Demosfen o'zidagi barcha jismoniy kamchiliklarni mashq qilish orqali bartaraf etadi.
Demak, nutq texnikasi o'quvchilarga nutqning to'liq mohiyatini yetkazishga yordam beradigan nafas olish, tovush hosil qilish va diksiyadan iborat malakalar kompleksidir.
Nutq texnikasining nafas, tovush va diksiya kabi elementlari mavjuddir.
Nutq texnikasi jamoa va shaxs bilan muloqot qilish mahorati, muloqot jarayonini nazorat qila olish, jamoani tashkil qilish, o'z kayfiyatini, ovozini va harakatlarini boshqara olish mahorati kabilar bilan bir qatorda pedagogik texnikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Inson nutqi amalga oshirilishiga ko'ra ichki va tashqi nutqqa, tashkil etilishiga ko'ra og'zaki va yozma nutqqa bo'linadi. Sharoitga qarab nutq turli xilda namoyon bo'ladi. U bazan istak-tilak, ba'zan chaqiriq-murojaat, ba'zan esa inson quvonchi yoki ruhiy iztirobi shaklida ifodalanadi. Nutq ichki va tashqi ko'rniishlarga ega. Ichki nutq odamning o'z ichida gapiradigan passiv nutqi bo'lib, u ikkinchi kishiniig ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o'z-o'ziga qaratilgan nutq sanaladi va uni nazorat qilib bo'lmaydi. Ichki nutq og'zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Ichki nutq inson tafakkurining mahsulidir. U inson miyasida juda tez sur'atlarda sodir bo'lib, faqat insonning o'zigagina ma'lum bo'ladi. Ichki nutq ba'zan xayol, fantaziya kabi psixologik xususiyatlar bilan bog'lanib ketadi.
Tashqi nutq esa ikki yoki undan ortiq kishilar uchun amalga oshirilib, atrofdagilarga fikr-mulohazalarni bildirish uchun tashkil etiladi.
Shuning uchun nutq madaniyatini shakllantirishda ichki nutqni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berishga to'g'ri keladi. Tashqi nutq boshqalarga va nazorat qilish mumkin bo'lgan faol nutq bo'lib, u og'zaki va yozma ko'rinishlarga ega. Og'zaki nutq odatdagi tovushli so'zlashuv nutqi bo'lib, bu nutq ko'proq-ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Og'zaki nutqda fikrni ixcham ifodalash maqsadida to'liqsiz gaplar keng qo'llaniladi. Nutqning bu turi bir yoki bir necha kishi tomonidan amalga oshirishida va monologik, dialogik shaklda namoyon bo'ladi.
Monologik nutq - bir kishining boshaqalarga qaratilgan nugqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o'qiganni qayta so'zlab berish, o'zi savol berib, o'zi javob berish shaklida namoyon bo'ladi.
Dialogik nutq - ikki va undan ortiq kishi o'rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko'rinishi o'ziga xos xususiyatlarga ega bu nutq keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialotik nutq tarkibida to'liqsiz gaplar juda ko'p bo'ladi. Bunday nutq tarkibida so'roq va undov gaplar ham uchraydi.
Og'zaki dialogik nutqda so'z bilan ifodalash qiyin bo'lgan bir qator vositalar: mimika, imo-ishoralar, ohang ham shunga kiradi. O'qituvchilarda shu vositalarni tarbiyalash muhim vazifalardan biridir.
Yozma nutq harflar vositasida, og'zaki nutq esa tovushlar vositasida amalga oshiriladi. Inson ijtimoiy faol bo'lish uchun ko'pincha og'zaki nutqdan foydalanadi. Og'zaki nutqni, ya'ni tovushlarni hosil qilishda nutq texnikasining fonasion nafas, tovush hosil hosil qilish va diksiya kabi elementlari ishtirok etadi. Ularning har biri ustida alohida to'xtalib o'tamiz.
Nafas. Nafas fiziologik funksiogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.