4
KIRISH
Mustaqillk sharofati bilan o`zbek diyorida ham yangillanish, rivojlanish
davri boshlanib, ijtimoiy hayotimiz umumjohon andozalaridga mos tarraqiyot
yo`nalish- lariga jadal suratlar bilan kirib bormoqda. Xalq xo`jaligini barcha
sohalarida, shu jumladan ta’lim sohasida ulkan islohatlar amalga
oshirilmoqda.Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimizda yosh avlod
tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshladi.
"Ta’lim to`g`risida" gi qonun " Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ", "Davlat
talim standartlari" ning hayotga tatbiq etilishi ushbu jarayondagi eng muhim
bosqichlardir. O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida "Barkamol
avlod- O`zbekiston taraqqiyot poydevori" nutqida prezdentimiz I.A.Karimov
shunday takidlagan.
"Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom
barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xusiyatimizdir."
"Mamlakatimizning
istiqlol
yo`lidagi
birinchi
qadamidayoq,
buyuk
manaviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’limning tarbiya tizimini
takomillashtirish, uning milliy zamirini mustahkamlash zamon talablari bilan
uyg`unlashtirish asosida johon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish
maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda."
"Hammamiz yana bir xaqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam
marifatli odam inson qadrini millat qadryatlarini bir so`z bilan aytganda o`zligini
anglash erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning johon
hamjamiyatida o`ziga munosib obro`li o`rin egallashi uchun fidoiylik bilan
kurashish mumkin".
O`zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarini keng quloch
yoyayotgan bir paytda chet tillarini o`rgatish- o`rganish o`ta zaruriy ehtiyojga
aylandi. Ushbu masalani muhimligini alohida uqtirib mamlakatimiz prezdenti
I.A.K. shunday degan edi .
"Xozirgi paytda xorijiy tillarni o`rganish va o`rgatishga yurtimizda katta
ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta bejiz emas. Bugun johon hamjamiyatida
5
o`ziga xos munosib o`rin egallashga itilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik
sheriklarimiz bilan hamjihatlikda hamkorlikda o`z buyuk kelajagini qurayotgan
xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashni
hojati yo`qdir".
Mamlakatimizda barkamol avlodning bilim olishi, jahon miqyosida
rivojlangan davlatlar darajasidagi yetuk kadrlar bo’lib yetishishiga juda ham katta
e’tibor qaratilmoqda, yosh avlodning jahon arenalaridan istalgan yo’nalish
bo’yicha o’zga mamlakat a’zolari bilan kuch va bilim sinasha oladigan, ularni
dog’da qoldira oladigan qilib tarbiyalash davlat siyosati tusini olgani juda ham
ko’plab “ Kichkina demang bizni” deb yurgan millionlab O’zbekiston yoshlariga
keng imkoniyatlar eshigini ochib bergani siz-u bizga oydek ayon. Ayniqsa
muxtaram Yurtboshimizning 2012-yil 10-dekabrdagi mamlakatimizda chet tillarni
o’rgatish va o’rganishga qaratilgan qarorlari yurtimizning barcha joylarida
shaharlarimizdan tortib chekka – chekka qishloq va ovullarimizda ham bog’cha
tarbiyalanuvchilari, maktab o’quvchilari va o’rta maxsus ta’lim dargohlari
talabalari ham emin erkin, o’z hoxishlariga ko’ra, istagan, va ayniqsa birdan ortiq
chet tillarni o’rganish imkoniyatini berdi desam mubolag’a bo’lmaydi.
Yoshlarning, biz iftixor bilan tilga oladigan kelajagimiz asoslarining o’z fikr va
muloxazalarini nafaqat o’z ona tillarida balki, yana ikki - uch xorijiy tillarda ham
ifodalay olishlari, ushbu til sohiblari ega bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklardan
foydalanish, ularga o’z kuchimiz, bilimimiz, bizlarning aslida kim ekanligimizni
ko’rsata olishimiz uchun bag’oyatda ko’p kerak bo’ladi deb o’ylayman. Tarixan
bizga buyuk ajdodlarimizdan qolgan yuksak ma’naviy meros, kundan kunga
umumbashariy qiyofani o’zida aks etib borayotgan milliy qadriyatlarimiz, hech
bir xazinadan kami yo’q zaminimiz, umuman olganda esa Prezidentimiz qayd etib
o’tgan eng katta boyligimiz - mexnatkash xalqimizni dunyoga tanitadigan, butun
jahon e’tirofiga sazovor etadigan barkamol avlodni ham ma’naviyatli, ham
ma’rifatli shaxs bo’lib ulg’ayishlari, muqaddas vatan xizmatida bel bog’lab
turishlari uchun ularni jahon andozalariga mos ta’lim jaroyoni bilan ta’minlanishi
ekanligiga hech qanday shubham yo’q. Qayerga bormang, qayerda bo’lmang
6
o’zbek yoshlarining xorijdan kelgan iqtisodiy, ijtimoiy sheriklari bilan turli
tillarda suhbatlashayotganliklariga ko’zingiz tushadi, dunyo mamalakatlari
kutubxonalaridan xalqaro internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar orqali hech qanday
tarjimonlarsiz o’zlariga kerakli kitoblarni o’qiy olayotganlari, zamonaviy
texnikalardan, avval o’rganilib qolinganidek ruscha yo’riqnomalarni izlab
o’tirmasdan, bemalol foydalana olayotganliklari kishini xayratga solmasdan iloji
yo’q.
Dostları ilə paylaş: