Mavzuning dolzarbligi. Biz milliy ma`naviyatni har tomonlama
yuksaltirish masalasini o`z oldimizga asosiy vazifa qilib qo`yarkanmiz, bugungi
kunda ma`naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta`sir ko`rsatadigan barcha
omil va me`zonlarni tahlil qilib, ularning bu borada qanday o`rin tutishini yaxshi
anglab olishimiz maqsadga muvofiq no`ladi.
Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta`sir qiladigan muhim hayotiy
omillardan biri – bu ta`lim tarbiya tizimidir.
Ma`lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilm-u
ma`rifat, ta`lim tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va
garovi deb bilgan.
Albatta, ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va
uning rivojini ham belgilaydigan, ya`ni, xalq ma`naviyatini shakllantiradigan va
boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini va shu asosda
ongni o`zgartirmasdan turib, ma`naviyatni rivojlantirib bo`lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondoshuvlarga, puxta o`ylanmagan
ishlarga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Maktab, ta`lim – tarbiya masalasi davlat
va jamiyat nazoratida bo`lishi asosiy qonunimizda belgilab qo`yilgan. Shu bilan
birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimiz ishtiroki va qo`llab-quvvatlashini
talab qiladigan umummilliy masaladir.
Dostları ilə paylaş: |