Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo`lmaydi – bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Bu haqida fikr yuritganda, men Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo
hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan
chuqur ma`noli so`zlarini eslayman. Buyuk ma`rifatparvar bobomizning bu
so`zlari o`tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan
bo`lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim
va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
2
Nega deganda, bizga sobiq tuzumdan meros bo`lib qolgan ma`orif
tizimining eng noma`qul tomoni shundan iborat ediki, unda o`quv jarayonida
o`quvchi va talabalarning mustaqil va erkin fikrlashiga yo`l qo`yilmas edi. Har
qanday o`quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, aksincha ularning
sobiq sovet tizimiga va sohta g`oyalariga sadoqatini hisobga olib baholash va
hayotga yo`llash tamoyili asosiy o`rinni egallar edi. Ko`p hollarda sifat o`rniga
son ketidan quvish ustunlik qilardi. Aksariyat yoshlar haqiqiy bilim yoki malaka
orttirish maqsadida emas, ko`proq amalda diplomli bo`lib olish ilinjida texnikum
yoki institutlarga kirar edi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim va tarbiya, ilm fan, kasb-hunar
o`rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Dostları ilə paylaş: |