O'qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari



Yüklə 131,93 Kb.
səhifə1/3
tarix05.06.2023
ölçüsü131,93 Kb.
#125552
  1   2   3
O\'qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari


Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak?
Reja:

  1. Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat


  1. O'qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari.


  1. Zamonaviy o'qituvchi va uning obrazi



Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat
Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqqiyati oqituvchi kadrlarning kasb mahorati va savodxonligiga bevosita bog’liq.
O’qituvchi-pedagogik-psixologik jihatdan o’z ixtisosligi bo’yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir.
Dars- ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo’lib, unda sinf dars tuzilishining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o’qituvchi rahbarligida har bir o’quvchining bilim olish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Bugungi kunda biz g’aroyib bir davrda yashayapmiz. Atrofimizdagi olam juda tez sur’atlarda tanib bo’lmas darajada o’zgarib boryapti. Shuning uchun o’sib kelayotgan ishlaydigan o’qituvchi juda ko’p narsalardan xabardor bo’lishi kerak.
Zamonaviy o’qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogic-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega ega bo’lishi uchun unda quyidagi fazilatlar namoyon bo’lishi kerak.
__ O’qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar,olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
_ Ilm-fan, texnika, texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi;
_ O’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlashi shart;
_ Pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi;
_ Ta’lim–tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarining eng samarali shakli, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lishi;
_ Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi;
Ayniqsa, oqituvchi o’zining individual nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur;
Zamonaviy o’qituvchi o’z nutqini takomillashtirib borishi uchun ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi yo’nalishlarga doimiy amalga oshirib borishi lozim:
_ o’zbek adabiy til qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi;
_ o’z-o’zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilish;
_ o’zining nutqiy madaniyatini doimiy rivojlantirib borish;
_ o’z-o’zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o’qituvchi o’z nutqiy faoliyatini kuzatishi lozim.
O’qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Darsda o’qituvchi rahbarligida har bir o’quvchining bilim olish xususiyatlari hisobga olinadi. O’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Zamonaviy o’qituvchi quyidagilarni o’z vazifasi deb bilishi kerak :
_o’z mutaxassisligi bo’yicha eng so’nggi bilimlardan xabardor bo’lishi, ta’limni pedtexnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib, amaldagi o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;
– ta’limda o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib, o’z mahoratini, bilimini va qobilyatini namoyish etishi;
_ o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda ular tomonidan bilimlarni o’zlashtirishga sharoit yaratish;
_ O’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan o’quv fanlarining o’zaro aloqadorligini ta’minlash;
_ shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;
O’qituvchi o’z tajribasidan kelib chiqib, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagilarga qattiq e’tibor berishi shart.
_ integral fanlarning ilg’or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va axborot texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni zamonaviy o’quv –tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
_ darsda barcha didaktik tamoyil a qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
_ o’quvchilarning qiziqishi, iqtidori va talablarini hisobga olish;
_ o’quvchining o’zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo’yicha mahoratini shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
Hozirgi kun o’qituvchisi eng avvalo, faol, mehnatkash, fidoyi, talabchan, izlanuvchan, davr bilan hamnafas hamda ijodkor bo’lishi kerak!
Biz g‘aroyib davrda yashayapmiz: atrofimizdagi olam juda tez sur'atlarda, tanib bo‘lmas darajada o‘zgaryapti. Shuning uchun o‘sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o‘qituvchi quyidagilarga tayyor bo‘lishi kerak:

Yüklə 131,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin