«Bizning matematika o’qituvchimiz hama vaqt yuvosh, osoyishta, o’zini tutgan va
shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta’sir eta oladi»; «Ximiya
o’qituvchimizning obrusini e’tibor etmay kurginchi, u har
qanday sharoitda ham
o’z aytganiga erishadi»; «Nigmat aka bizga ustalik bilan ta’sir etadi. U xadeb talab
qilavermaydi, agar talab qiladigan bo’lsalar undan buyin tovlab bulmaydi», yoki
o’quvchilarning o’z o’qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: «Polvon aka
maktabimizdan ketganiga biz xursand bo’ldik. U bizni do’q-pupisa, baqiriq-
qichqiriq, buyruqbozlik bilan qo’lga olaman deb uylardi-yu, ammo bizni bardosh
berishganigina
majbur etardi, xolos.»
Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta’limi
jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli to’g’risida juda achinib aytgan
fikrlarini keltirish o’rinli bulur edi: «Mabodo biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz
bildirsa, ertaga u hyech Kim xavas qilmaydigan axvolga tushib qoladi.
Maktablardagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi
tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: mening
aytganim-aytgan, deganim-degan.»
Shu bilan bir qatorda o’quvchilar o’qituvchining bo’shligi, landavurligi,
laqmaligi, soddalarcha ishonuvchanligi, sustkashligi,
ortiqcha rioyagarchiligi,
irodasizligi kabi xislatlarini baralla qoralaydilar: «yaxshi odamu, leki nuta bo’sh:
uni aldab ketish hyech gap emas»; «Tushunib bo’lmaydi: birda juda qattiqqo’l,
talabchan, ba’zan hyech qanday talab degan narsa yo’q»; «Juda bo’shang, lanj: uni
kurishing bilan uyqung keladi»…
Dostları ilə paylaş: