O’qituvchining pedagogik mahorati



Yüklə 337,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.09.2023
ölçüsü337,52 Kb.
#146519
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogik fikr taraqqiyotida o qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas uliyatlari

7.
 
O’qituvchining pedagogik xayoli, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. 
Pedagogik xayol – 
kishining o’quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan 
loyixalashtirishda qz ish harakatlarining natijasini oldindan kura bilishda namoyon 
bo’ladigan maxsus qobiliyatidir. Bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum o’quvchidan 
kelgusida Kim chiqishini ko’z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu 
xildagi xislatlarning o’sib rivojlanishini oldindan ko’ra bilishida namoyon bo’ladi. 


Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o’quvchiga bo’lgan 
ishonch bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham o’quvchilar ayrim o’qituvchilar 
to’g’risida «Axmad akamlar, chamasi ichimizdagi eng yaramaslariga ham 
ishonchlarini yo’qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik» 
degan fikrlarni izxor qiladilar. 
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – 
bu qobiliyat bir vaqtning o’zida 
diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida 
g’oyat muxim axamiyatga egadir. 
Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat-e’tiborini o’quv materialining 
qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday 
ochib berishga yoki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan bir vaqtning 
o’zida barcha o’quvchilarni kuzatibyu, ularning toliqqan-toliqmaganligiga, 
e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushinish-tushunishmasligiga e’tibor berib, 
o’quvchining intizomini kuzatadi hamda, oqibat natijada o’zining shaxsiy-xulq 
atvoriga /yurish-turishga, o’zini tutishiga mimika va pontamimikasiga/ e’tibor 
beradi. Tajribasiz o’qituvchi, ko’pincha o’quv materialini bayon etishga berilib 
ketib, o’quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan 
chiqarib quyadi, agar, bordi-yu, o’quvchilarni diqqat-e’tibor bilan kuzatishga 
xarakat qilsa, bunday hollarda o’z bayonotining izchilligini yo’qotib qo’yadi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari, o’qituvchi inson 
shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarinlik kabi 
qator ijobiy xislatlariga ega bo’lishi lozim. 
U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, 
butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga urnak bo’lishi kerak. 
O’qituvchining o’zini qo’lga ola bilishi, o’z his-to’yg’ularini, kayfiyatini 
boshqara olish xislatlari muxim ahamiyatga egadir. 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, o’qituvchining barcha ijobiy umuminsoniy 
axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta axamiyatga ega. Agar biz 
qo’yidagi xislatlarni olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muxim 
omillardir. Jumladan, o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si shakllanishiga 


ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-
saramjonligi, sipoyagarchiligi, uning qiliqlari, o’zini chiroylik tutishi, qaddi-
qomati va yurish-turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. 
Jumladan, o’quvchilarning «Farida opani nechuk yaxshi kurmaysan ular har doim 
shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku?» yoki «Noila opa 
maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko’rsatishi kerak – chunki ularning 
turqi-qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta» degan fikrlarini olishimiz mumkin. 
Muhim davlat vazifasini – kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga 
oshirayotgan zamonaviy maktab o’qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati 
kirib kelayotgan XXI asrda shakllanib asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni 
egallash jarayonida o’sib rivolana boradi. 
Shu bilan birga o’qituvchi doimiy ravishda ta’minlashga yordam beradigan 
shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarurdir. Bu to’g’rida mazkur ishimizning 
kelgusi boblarida so’z boradi. 

Yüklə 337,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin