O’qituvchining pedagogik mahorati



Yüklə 337,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix22.09.2023
ölçüsü337,52 Kb.
#146519
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogik fikr taraqqiyotida o qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas uliyatlari

Akademik qobiliyatlar – 
matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot
tarix va boshqa shu kabi fanlarga xos qobiliyatlardir. 


Qobiliyatli o’qituvchi o’z fanini faqat kurs hajmidagi emas balki atroflicha 
keng, chuo’ur bilib, bu soxada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy 
ravishda kuzata borib, o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga kata qiziqish 
bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi. 
Ko’pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z Fani 
buyicha yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib xayratda 
qoldirish, o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olish uchun u yuksak madaniyatli, 
har tomonlama mazmunli, keng erudisiyali /bilimdon/ odam bo’lmog’i lozim. 
Bunday o’qituvchilar haqida o’quvchilar «Maxmud aka xudi professorning 
o’ziginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta soxasi bormikin deb tez-tez uylab 
turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan 
o’quvchilar o’z o’qituvchisi haqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi 
yo’q» deb butunlay teskarisini aytsalar juda alam qiladi. 
5.
 
O’qituvchining perseptiv va nutqiy qobiliyatlari. 
Perseptiv qobiliyatlar – 
bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki 
dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik 
psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat 
qobiliyatlardir. 
Qobiliyatli o’qituvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda xatti-
harakatlarida, erkin ifodalanadigan ayrim holatlarida hamda ularning ichki 
dunyosida yuzaga keladigan o’zgarishlarni sezdirmasdan ilib oladi. Ana shunday 
hollarda o’quvchilar: «Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa 
yoki kimdir dars tayyorlamasdan kelgan bo’lsa ko’ziga qaraboq bilib oladi», 
«Bizning o’qituvchimiz xech qayoqqa qaramasa ham, hamma narsani ko’rib 
turadi» deydilar. 

Yüklə 337,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin