Ningidrin reaktsiyasi erkin α – aminogruppa bo’ladi. Shuning uchun yuqoridagi moddalarning eritmalariga ningidrin qo’shib qizdirilganda ko’k yoki ko’kish-binafsha rang paydo bo’ladi.
Ningidrin ta‘sirida erkin 2-aminogruppasi bor aminokislota, peptid yoki oqsillar oksidlanish yo’li bilan dezominlanadi, dekarboksillanadi, natijada aldogid hosil bo’ladi. Bu vaqtda ningidrin qaytariladi va ajralib chiqqan NH3 yordamida ikkinchi – qaytarilmagan ningidrin molekulasi bilan bog’lanib ko’k-binafsha, prolin bilan esa sariq rangli kompleks hosil qiladi.
Ningidrin reaktsiyasining ximiyaviy mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin.
Ishning bajarilishi. 3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug’doy oqsili, uchinchisiga 5 tomchi alonin eritmasidan tomizib, ustiga 5 tomchidan 0,5% li ningidrin eritmasidan qo’yib, 1-2 minut qaynatiladi. Probirkalardagi aralashmalar avval pushti-binafsha yoki ko’kish-binafsha rangga buyaladi. Vaqt o’tishi bilan eritma ko’karadi.
2 – ISH. TUXUM ALBUMININI TUZ BILAN ChO’KTIRISH ORQALI AJRATIB OLISH.
Ishning umumiy izohi. Tuxum oqsilidan bosqichma-bosqich tuz bilan cho’ktirish orqali (oldindan 50% li to’yintirilishda tushgan cho’kmani olib tashlab) hamda dializ yo’li bilan albumin qismi ajratiladi.
Jihozlar va reaktivlar. 100 ml o’lchagich tsilindr, stakan, tsentrafuga, (vakum – filtrlagich qurilmasi) SF-26, ammoniy sulfat, 1 dona tuxum (tovuqniki), dializ membranasi, dializ uchun kamera (2 l).
Ishning borishi. Tuxum oqsili sarig’idan ajratiladi va o’lchagich tsilindriga solinib, uning hamma suv bilan 50 ml gacha, yetkaziladi va 15, 65 g ammoniy sulfat qo’shiladi asta-sekin aralashtiriladi. Hamma tuz bo’lakdari erigandan so’ng yarim to’yingan tuz eritmasidlan tushgan globulin cho’kmasi tsintrafuga qilinib (3-5 ming ayl/min) yoki qalin filtr qog’oz orqali filtrlab ajratiladi. Filtrat (cho’kma ustidagi suyuqlik) o’lchagich tsilindrga yig’iladi, hajmi o’lchanib, tuz erishi qulay uchun stakanga o’tkaziladi va eritmada ammoniy sulfat tuzining to’yinish darajasi 70% gacha yetkaziladi. Tuzning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
X=[0,515ּVּ(C2-C1)] : [1-(0,272ּC2)]
Bu yerda: X – berilgan to’yinish darajasi uchun olingan tuzning miqdori, grammda, V – oqsil eritmasining hajmi, ml da, C1 – tuzning dastlabki to’yinish darajasi (o’nli bo’laklarda 100% = 1,00); C2 – berilgan to’yinish darajasi. Kerakli miqdordagi ammoniy sulfat erigandan so’ng, loyqalangan aralashma cho’kma hosil qilish uchun 30-40 minut qaoldiriladi. Ovalbumin cho’kmasi glabulinlar kabi yig’ib olinadi. Cho’kma agarda filtrlash ishlatilgan bo’lsa – filtr qog’oz cho’kma bilan birga holda oz hajmdagi suvda aralashtirilib, dioliz qopchasiga (naycha) solinadi va tuzni chiqarib yuborish uchun dializ qilinadi.
Buning uchun dializ qopchasi (naycha) iliq suv bilan qo’llanib bir uchi bog’lanadi va varonka yordamida oqsil eritmasi bilan to’ldiriladi. Dializ 4 marta 20 mm rn 7,4 bo’lgan natriy fosfat buferi eritmasida har galgi almashinishi 1 soatdan kam bo’lmagan holda olib boriladi.
Dializning dastlabki 2 soatini suv bilan olib borish mumkin. Dializotdagi avalbuminning kontsentratsiyasi 260 va 280 im da yutilishi bo’yicha, nomogrammiga asosan aniqlanadi.