Oqsillar strukturasi va tuzilishi

Oqsilning birlamchi strukturasi

Yüklə 9,04 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü9,04 Kb.
#198894
1   2   3
Презентация Microsoft PowerPoint

Oqsilning birlamchi strukturasi

  • Oqsilning birlamchi strukturasi oqsil tuzilishining eng oddiy darajasi boʻlib, polipeptid zanjiridagi aminokislotalarning ketma-ketligi hisoblanadi. Misol uchun, insulin gormoni quyidagi diagrammada koʻrsatilgan ikkita A va B polipeptid zanjiriga ega. (Bu yerda koʻrsatilgan insulin molekulasi sigir insulinidir, uning tuzilishi inson insuliniga oʻxshash.) Har bir zanjir oʻzining maʼlum tartibda joylashgan aminokislotalar toʻplamiga ega. Masalan, A zanjir ketma-ketligi B zanjir ketma-ketligidan farq qiladi va A zanjirning N-oxiri glitsin bilan boshlansa, C-oxiri asparagin bilan tugaydi.

Oqsil ketma-ketligi oqsilni (yoki oqsilning bir qismini) kodlovchi gen DNKsi tomonidan belgilanadi. Gen DNKsi ketma-ketligining oʻzgarishi oqsil tarkibidagi aminokislotalar ketma-ketligining ham oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. Oqsildagi hattoki bir aminokislota ketma-ketligining oʻzgarishi ham oqsilning umumiy strukturasi va vazifalariga taʼsir koʻrsatadi.

Oqsilning ikkilamchi strukturasi

  • Oqsil strukturasining keyingi bosqichi ikkilamchi strukturasi asos zanjir atomlari orasidagi oʻzaro aloqalar tufayli polipeptid ichida hosil boʻlgan oʻralgan strukturani anglatadi. (Asos zanjir R guruhidan tashqari faqat polipeptid zanjirigagina tegishlidir, yaʼni ikkilamchi strukturada R guruhi atomlari ishtirok etmaydi.) Ikkilamchi strukturaning eng koʻp uchraydigan turlari: α spiral va β qavat hisoblanadi. Har ikkala struktura ham bir aminokislotaning karbonil O i va ikkinchi aminokislotaning H i orasida hosil boʻladigan vodorod bogʻlar shaklida namoyon boʻladi.

Yüklə 9,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin