O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə10/31
tarix28.03.2017
ölçüsü0,72 Mb.
#12670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31

AMYOBIAZ

Amyobiaz — ko'proq yo'g'on ichakni yarali jarohatlovchi, ba'zan boshqa a'zolarda abssesslarni yuzaga keltiruvchi, davomli yoki surunkali kechishga moyil parazitar kasallikdir- Amyobiaz ko'proq ilik iqlimli o'lkalarda keng tarqalgan bo'lib, emdemik o'choqlari mavjud. Mu'tadil iqlimli o'lkalarda xam uchrab turadi. Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi —Entamoeba hystlitica oddiy mikrob guruhiga mansub bo'lib, odam organizimida uch hil shaklda uchraydi:

1. Katta vegetativ shakli (forma magna) - yirik (30 dan to 80 mkm gacha), juda harakatchan bo'ladi. Uni kasallikning o'tkir yoki zo'riqqan davrida bemor najasidan topish mumkin. Parazit ichida fagotsitlangan eritrotsitalar ko'rinadi.

2. Kichik vegetativ shakli (forma minuta) — kichikroq (15-20 mkm), kam harakatchan bo'lib, bemorlarni kasallikdan tuzalish davrida, shuningdek, sista tashib yuruvchi shahslarni najasida topiladi. Bu parazitning sistaoldi shakli bo'lib, sista hosil bo'lishini quvvatlab turadi.

3. Sista bosqichidaga amyoba — dumaloq shaklda bo'lib, kattaliga 9-14 mkm dan oshmaydi, Bo'yalgan holda ko'rilganda uning 1-4 ta yadrosi va ikki qatlamli qobig'i yaqqol ko'rinadi.

Tashqi muhitda parazitning vegegativ shakllari chidamsiz, sistalari esa ancha chidamli: axligda 4 xaftagacha, suvda — 8 oygacha saqlana olada. Quritilganda va qizdirilganda tez nobud bo'ladi.



Epidemiologiyasi. Amyobiaz manbai bemor yoki sista tashuvchi odamdir. Kasallikni surunkali o'tkazayotgan shaxslar, ayniqsa, sista tashuvchilar manba sifatida xavfli hisoblanadilar. Sista tashuvchilik davomli, hatto bir necha yil bo'lishi mumkin.

Amebiaz ham boshqa ichak parazitlari singari — ovqat, suv va maishiy muloqot yo'llari bilan og'iz orqali yuqadi. Tashqi muhitga tushgan sistalar bilan ifloslangan qo'l va ayniqsa sabzavotlar, mevalar, suv kamroq hollarda — uy jihozlari, idish tovoq va shu kabilar kasallikni yuqtiruvchi omillar bo'ladi. Surunkali amyobiaz bemorlar yoki sista tashuvchilarning umumiy ovqatlanish qorxonalari yoki bolalar muassasalarida ishlagan hollarda kasallikning tarqalish xavfi yuqori. Parazitning tarqalishida pashsha va suvaraklarning ahamiyati ham katta. Kasallik sporadik holda yil bo'yi, ko'proq issiq fasllarida uchraydi.



Patogenezi. Og'iz orqali tushgan sistalar me'da-ichak yo'lida, pankreatin shira ta'siri ostida qobig'idan ozot bo'lib, vegetativ shaklga o'tadi va yo'g'on ichak devoriga, asosan uning ko'richak va yuqoriga ko'tariladigan qismiga joylashib oladi va yaralar paydo qiladi. Ba'zan, kasallikning keyingi bosqichlarida, sig'masimon va to'g'ri ichak devorlarida ham yaralar kuzataladi. Rektoskop orqali ko'yilganda yaralar chetlari o'yilgan, chuqur, ko'pincha seroz qoplamgacha chuqurlikda bo'ladi.

Ayrim bemorlarda amyobalar qon orqali tarqalib, jigarda, kamdan-kam hollarda, o'pka, teri va bosh miyada abssesslar paydo qilishi mumkii.



Klinikasi. Yashirin davri 20-60 kun bo'lib, 95 kungacha ham cho'zilishi mumkin. Kasallik belgilari asta-sekin rivojlanadi. Faqat ayrim hollarda o'tkir boshlanishi mumkin. Bemor avvaliga lohaslik xis etib, ishtahasi pasayib boradi. qorni biroz og'rib bir kunda 3-4 marta suyuq ichi ketadi. Ba'zan ko'ngli ham ayniydi. So'ngra ich ketishi ko'payadi (sutkasiga 7-10 marta), axlati tiniq shilimshiq va qon aralashgan bo'ladi. Keyinchalik axlatda shilimshiq va qon aralashmasi ko'payib borib u maymunjon murabbosiga (malina jelesiga) o'rab qoladi. Ich ketishi qorinning tutib-tutib og'rishi, ba'zan tenezm (kuchaniq) lar bilan kuzatiladi. Qorinni paypaslab ko'rilganda yo'g'on ichak sohasida, ko'proq qorinning o'ng yonboshi, kamroq hollarda sig'masimon ichak sohasida ham og'riq seziladn. Bemorning ishtahasi yo'qolib darmoni kurib borsada, tana harorati ko'tarilmaydi.

Kasallikning o'tkir davri, asoratsiz kechganda, 4-6 hafta davom etadi, so'ngra, ko'pchilik hollarda, xastalik belgalari o'z-o'zidan kamayib bemorning ahvoli ancha yaxshilanadi va kasallik surunkali shakliga o'tadi.

Amyobiaz surunkali kechganida kasallik turli muddat oralab zo'riqish va qaytalanishlar bilan oylab, ba'zan esa yillab davom etadi. Zo'riqish, ko'shimcha ovqatlanish, rejimi va parhyez buzilganda, ba'zan esa sababsiz ham ro'y barishi mumkin. Surunkali amyobiaz ko'pincha yengal kechsada, ayrim hollarda og'ir kechib, bemorda kamqonlik va kaxeksiya (keskin ozib ketish) rivojlanadi.

Amyobiazda ba'zan ichakdan tashqari boshqa a'zolarda, jumladan; jigarda (gepatit, gepatoholetsastit, jigar absseyesi), o'pkada va miyada turli jarohatlanishlar (abssesslar), shuningdek, chot oralig'i terisida yaralar kuzatilishi mumkin.

Amyobiazda bo'ladigan asoratlar ko'proq ichakdagi chuqur yaralar bilan bog'liq bo'lib, bu yaraning (ba'zak jigar abssessining) teshilishi oqibatida peritonit rivojlanishi mumkin.

Tashhisi. Ichak amyobiazning klinik belgilari bakterial dizenteriya kasalliga bilan kup jihatdan o'xshash bo'lganligi tufayli bu ikki kasallikni, ayniqsa boshlang'ich davrida bir-biridan farqlash ancha qiyin bo'ladi. Bularni farqlashda epidemiologik ma'lumotlarga va avvalo amebiazning klinik kechishida isitma va intoksikatsiya alomatlarini deyarli yo'qliga, asosan yo'g'on ichakning o'ng tomoni zararlanishi, ahlatning malina murabbosi ko'rinishida bo'lishligini hisobga olish kerak.

Rektoskop yordamida ko'rilganda - sig'masimon va to'g'ri ichak devorida shu kasallikka xos bo'lgan chetlari o'yiq chuqur yaralar ko'riladi. Diatoz asosan, bemor ahlatida yoki yo'g'on ichakdan (rektoskop yordamida) olingan qirmada amyobaning vegetativ shakllarini topilishiga asoslanib kuyilada. Bemor ahlatida amyoba sistasining topilishi amyobiaz diagnozi uchun asos bo'lolmaydi. Bemor ahlatini mikroskop ostida tekshirilganda ko'p miqdorda (70 foizgacha) eozinofillarning va Sharko-Leyden kristallarining topilishi hatto amyoba topilmagan hollarda ham amyobiaz diagnozini qo'yish uchun kifoya qiladi.



Davolash. Kasallikni o'tkir shakli hamda surunkali shakli zo'riqqan yoki qaytalangan davorlarida bemor albatta kasalxonaga yotqizilib, tegishli davo kursi o'tkazilishi kerak.

Amyobiazni davolashda asosan parazitga qarshi dorilar; yatren va diyodaxin (amyobaning oraliq shaklini xalok qiladigan), emetin, degidroemetan, ambilgar (to'qimalarda joylashgan amyobalarga ta'sir qiladigan), hamda universal ta'sir etuvchi: metronidazol, fazijin 80 furamid qo'llaniladi.

Yatren — 0,5 g.dan (Diyodoxin 0,3 g.dan) 3 mahal 10 kun davomida beriladi. Bu dorilar surunkali ichak amyobiazining remissiya vaqtida va sista tashib yuruvchi shaxslarni davolashda qo'llanadi.

Emetin gidroxloridi — 2% li eritmasi 1,5 ml dan kuniga 2 marta mushaklar orasiga 4-6 kun mobaynida yuboriladi. Zarurat bo'lganida 45 kun o'tgach davolash kursini takrorlash mumkin.

Degadroemetin (1,5 mg/kg dan mushak orasiga 10 kun) emetinga nisbatan 6 marta kuchli ta'sir qiladi.

Ambilgar — 7-10 kun davomida og'iz orqali (25 mg/kg dan) beriladi. U degadroemetindan ham kuchlidir. Ambilgar faqat vrach nazoratida qo'llaniladi.

Jigar amyobiazida xingamin (delagel, xlorohin) yarim samara beradi. Uni 3 hafta davomida: 1-chi haftada — xar kuni 0,75 g.dan, 2-chi haftada — 0,5 g.dan, 3-chi xaftada - 0,25 g.dan beriladi.

Metronidazol, furamid singari dorilar ichak amyobiazi va ichakdan tashqari joylashgan amyobiazni davolashda qabul kilingan sxemalar bo'yicha keng qo'llanadi.

Amyobiazni davolashda keng spektrda ta'sir qiladigan antibiotiklar xam qullanada.

A'zolarda bo'ladigan amyobali abssesslarni davolashda, yuqorida aytilgan dorilar naf bermaganda operatsiya qilinadi. Teri amyobiazini davolashda yatrendan tayyorlangan malham ishlatiladi.

Bemorga beriladigan ovqat oqsil va vitaminlarga (S, V1, V2, V6) boy va yuqori kaloriyali bo'lishi kerak.

Bemorni parvarishlash va parxean huddi bakterial dizenteriyadagi kabidir.



Profilaktikasi. Amyobiazning profilaktikasi boshqa ichak yuqumli kasalliklari, jumladan, bakterial dizenteriyadagiga o'xshash bo'lib, umumiy va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatyiy rioya qilishga qaratilgan. Ayniqsa suv ta'minoti, oziq-ovqat tayyorlash qorxonalari va bolalar muassasalarida ishni sanitariya-gigiyena talablariga qatyiy rioya qilgan holda tashkil etish, hamda aholini sanitariya madaniyatini ortirish juda katga ahamiyatga egadir. Amyobiaz rekonvalessemtlari hastalik belgilari to'liq yo'qolgan, 1-2 kun oralatib 6 marta o'tkaziladigan parazitologik tekshiruvlar manfiy natija bergandan so'nggina kasalxonadan chiqariladilar va 12 oy davomida dispanser ko'zatuvida bo'ladilar.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin