OVQAT TOKSIKOINFEKSIYALARI
Salmonellyozlardan tashqari, boshqa mikroblar bilan zararlangan ovqat mahsulotlarini iste'mol qilganda ham ovqatdan zaharlanish hollari kuzatiladi. Ularning sababchilari juda xilma-xil. Jumladan, stafilokokklar, enterokokklar, ichak tayoqchalarining ayrim serovarlari, protey, sitrobakter, iyersiniya, klostridiyalar va boshqa mikroblar ovqatdan zaharlanishga sabab bo'lishi mumkin. Bu kasalliklarning barchasi uchun qo'yidagi 2 holat umumiy hisoblanadi:
1. Kasallik asosan mikrob tushib qolib ko'paygan ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish oqibatida kelib chiqadi.
2. Kasallik alomatlari bemor organizmiga ham mikrobning o'zi, ham uning zahari (toksin) ta'siridan kelib chiqadi. Shuning uchun bu kasalliklar majmuasiga ovqat toksikoinfeksiyalari deyiladi.
Egiologiyasi. Bu kasalliklarning ko'pchilik qo'zg'atuvchilari shartli-patogen mikroblar guruhiga mansub, yani ularning ba'zilar sog'lom odam tanasida, ichagida ma'lum miyedorda doimo mavjud. Shu sababli bu kasallik alomatlari bor bemorlarda mikrob ko'p miqdorda topilgandagana uning etiologik o'rni haqida fikrlash mumkin. Bemor qon zardobida ushbu mikroblarga qarshi antitelolar borligi aniqlansa, kasallik sababchisi ushbu mikrob ekani to'la isbotlangan bo'ladi.
Epidemiologiyasi. Ovqat toksikoinfeksiyalari respublikamizda yoz oylarida ko'p uchrab turadi. Bemorlarning asosiy (70 /o) qismini 14 yoshgacha bo'lgai bolalar tashkil etadi. Ularning orasida eng ko'p xastalanganlari - 3 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar hisoblanadi. Kasallik mikrob bilan ifloslangan ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish tufayli kelib chiqadi. Xastalik qo'zg'atuvchisi organizmga og'iz orqali tushadi. Go'sht va uning mahsulotlari, sut maxsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoy), baliq, hatto sabzavotlar kasallik tarqatuvchi omillardandir.
Stafilokokklar sababchi bo'lgan ovqatdan zaharlanishda infeksiya manbai odam hisoblanadi. Angina yoki turli yiringli hasalliklar: sachratqi, chipqon, xasmol va terisida boshqa yiringli yaralari bo'lgan kishilar tort, pirojnoye, muzqaymoq, smetana, suzma tayyorlashda ishtirok etganida ushbu mahsulotlar stafilokokk yoki streptokokk bilan ifloslanib qoladi. Bunday mahsulot sovutgichda saqlanmasa, mikrob juda tez ko'payadi va iste'mol qilgan odamlar kasallanadi.
Ovqat toksikoinfeksiyalari bilan baravariga bir necha odam kasallanganida ularni aniqlash qiyin emas. Amalda avj odishlarga nisbatan sporadik kasallanish hollari ko'proq uchraydi. Bunday hollar sababi ko'nincha bakteriologik jihatdan anqlanmay qoladi.
Klinikasi. Ovqat toksikoinfeksiyalarida yashirin davr odatda qisqa bo'ladi. Ayniqsa, stafiloqokklar sababchi bo'lgan hollarda shubha qilingan ovqatni iste'mol kilingandan so'ng 2-3 soat o'tishi bilanoq, kasallik alomatlari paydo bo'ladi. Boshqa mikroblar sababchi bo'lgan hollarda yashirin davr bir necha soatdan uch kungacha davom etishi mumkin.
Kasallik to'satdan boshlanadi. Dastlab ko'ngil aynib, qayt qilinadi, Stafilokokk qo'zg'atgan kasalliklarda ba'zi bemorlarda xastalik alomatlarn shu bilan cheklanishi mumkin. Qorindaga og'riq kindikdan yuqorida his qilinadi. Boshqa hollarda 2-3 marta qusish takrorlanganidan so'ng ich surishi ham ko'shiladi. Ich sharillab, suvdek ketadi. Qorinda tutash og'riq bo'ladi. Tana harorati har doim ham ko'tarilavermaydi.
Klostridiyalar paydo qilinadigan ovqat toksikoinfeksiyalari ko'pincha og'ir o'tadi. Isitma ko'tariladi. Qorindaga og'riq kuchli bulada, Qusish va ich surish juda ko'p takrorlanib, terda degadratatsiya alomatlari yuzaga keladi. Uning oqibatida yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Ovqat toksikoinfeksiyasi alomatlari bor bemorlarning xammasi ishfoxonaga yotqizilishi shart emas. Odatda Degidratagrsh yaqqol ifodalangan hollarda bemor yuqumli kasalhonaga yetqizib davolanada.
Tashxisi. Bemorning qusuq massasi, medani chayilgan suv sterillangan bankaga yig'ilib, laboratoriyaga junatiladi. Zaharlanishga sababchi deb gumon qilingan ovqat mahsulotlari ham sterillangan idishda laboratoriyaga yuborilada. Najasdan Myuller muxiti va tuzli suyuqlika ekma olinadi. Ularning hammasidan laboratoriyada bir xil mikrob topilishi, uning kasallik sababchisi ekanini ko'rsatadi. Topilgan mikrob kulturasi laboratoriada biroz muddat saqlab turiladi. Kasallikning 5-6 kunidan boshlab, bemor qoni zardobi bilan o'sha kultura o'rtasida serologik (agglutinatsiya) reaksiya qo'yilsa, 1:40 va undan yuqori titrda ijobiy natija olinishi tashxisini tasdiqlaydi.
Davolanishi. Salmonellyozga o'xshab, ovqat toksikoinfeksiyalarida xam dastlabki tibbiy yordamni o'zi vaqtida ko'rsatish zarur. Dastlabki soatlarda me'dani yaxshilab chayib, ichakni tozalansa, ko'p xollarda kasallik alomatlari yo'qoladi. Boshqa xollarda esa kasallikning og'irlashib qolishiga yo'l qo'yilmaydi. Me'da-ichakdarni tozalagandan so'ng regidron eritmasi ichirib turish yaxshi naf beradi. III-IV darajali degidratatsiya alomatlari bo'lganida, tomir orqali xam tuzli eritmalar quyiladi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarini davolashda antibiotiklar ko'llanmaydi. Bemor axvoli yaxshilanib, ichi qotganidan so'ng shifoxonadan chiqarib yuboriladi. Ko'pincha 4-5 kun ichida tuzalish ro'y beradi.
Kasallik oldini olish. Ovqat toksikoinfeksiyalarining profilakgakasi salmonellyozlardagiga o'xshash. Kasallik oldini olishda shaxsiy gigiyenaga rioya qilish katta axamiyatga ega. Xamshiralik bu aqidani ayniqsa yosh bolali onalarga uqtirishi kerak. Ovqatdan zaxarlanish xodisasi ma'lum jamoada qayd etilgan bo'lsa, shubxa qilinayotgan ovqat muxsulotini iste'mol qilgan barcha jamoa a'zolarida kasallik alomati bor-yo'qligi surishtiriladi va 1-2 kun tibbiy kuzatuvga olinadi. Ovqat tayyorlash bilan bog'liq xizmatchilar ichak guruxi mikroblariga tekshiruvdan o'tkaziladi va ularda kasallik alomatlari qidiriladi. To'y, ma'raka va boshqa katta yig'inlarda tayyorlanadigan taom tez iste'mol qilinishi kerak. Oshpazlar esa tibbiy ko'rik va ichak guruxi mikroblariga tekshiruvdan o'tgan bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |