4-mavzu: Matn va pragmatika. Matn va modallik (2 soat amaliy mashg’ulot)
Matn komponentlararo semantik va grammatik munosabatlar. Ichki sintagmatik munosabatlar: matn birliklarining semantik-grammatik munosabati; Tashqi sintagmatik munosabatlar: matn birliklarining boshqa birliklar bilan munosabati. Semantik-mantiqiy paradigmatik munosabat; grammatik paradigma masalasi. Matnda mantiqiy izchillik, uning saqlanishi, buzilishi, ataylab o‘zgartirilishi. Funktsional paradigmatik munosabat. Ularning ifodalanishi; matnda modallikning ifodalanishi. Paradigmatik va sintagmatik munosabatlarda estetik qarashlarning ifodalanishi.
5-mavzu: Matn va uningtipologik tasnifi(2soat ma’ruza)
Og’zaki matn, yozma matn, minimal matn, maksimal matn, mikromatn, makromatn turg’unstrukturali matnlar (ma’lumotnoma, dalolatnoma, annotatsiya, patent) va erkin strukturali matn hikoya, tasviriy, muhokama matn,ilmiy matn (tezis, maqola, ma’ruza, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar), rasmiy matn (ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabopmatn, hikoya mazmunli matn, tasviriy matn, izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar-darakmazmunli matn, so‘roq mazmunli matn, buyruq-istak mazmunli matn, hissiy ifoda mazmunli matn.
Hajm va ifoda-maqsadiga ko‘ra matn turlari. Tahlil tiplari
6-mavzu: Matn va uslub munosabati
(2soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot)
Matnning uslubiy xoslanishi. Matnning funktsional tasnifi masalasi. Jonli so‘zlashuv uslubiga munosabat. Jonli so‘zlashuvvaadabiytil «zidligi», aloqasi. Adabiy nutq uslublari va matn. Rasmiy matn, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy matn, unga qo‘yiladigan talablar, o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy matn, unga qo‘yiladigan talablar, o‘zigaxos jihatlari; Publitsistik matn. Uning zamon bilan bog’liqligi, hozirjavobligi, makon bilan aloqadorligi, o‘zigaxos boshqa jihatlari. Rasmiy, ilmiy, publitsistik matnlartuzishko‘nikmasinishakllantirish. Ish yuritish qog’ozlarinituzishgatayyorlash.
Matnda ilmiy uslubning tadqiqi
Matnda badiiy uslubning tadqiqi
Matnda rasmiy uslubning tadqiqi
Matnda so‘zlashuv uslubning tadqiqi
Matnda publitsistik uslubning tadqiqi
Badiiymatnvaunishakllantiruvchivositalar. Badiiy matn ko‘rinishlari:
a) nasriymatn, uning o‘zigaxos xususiyatlari, ichki bo‘linishlari, ko‘rinishlari;
b) poetikmatn, uning so‘zqo‘llash san’ati namunasi ekanligi, ichki bo‘linishlari, o‘zigaxos xususiyatlari. Badiiy matnda tilning badiiy tasvir vositalaridan foydalanish, ularning o‘rni. Badiiy matnda individual so‘z qo‘llash.
O‘zbek tilining badiiy tasvir vositalari: troplar (ko‘chim): metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabilar; sintaktik figuralar: takror, ellipsis, inversiya, gradatsiya, ko‘p bog’lovchililik, bog’lovchisizlik, uyushiqlik kabilar. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda me’yor. Muallifning tilga hurmati, tilni, uning birliklari imkoniyatlarini bilishi; shevalarga munosabat; badiiy matn tili ustida ishlash – matn tahriri masalasi.
Shavkat Raxmon she’riyatida istorizmlar.
I.Mirzo she’riyatida metafora.
M.Yusuf asarlarida arxaizmlar.
Dostları ilə paylaş: |