O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə53/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Fanning asosiy maqsadi – o‘zbek folklorshunosligining spetsifik xususiyatlari, milliy o‘ziga xosligi, janriy xususiyatlari, dostonchilik maktablari va ijodkorlari, xalq og’zaki ijodining yirik namunalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifalari – tinglovchilarda o‘zbek xalq og’zaki ijodining tarixi, janriy o‘ziga xosligi, maqol, topishmoq, latifa, lof, askiya, xalq qo‘shiqlari, afsona, asotir, rivoyat, ertak, doston kabi janrlari to‘g’risidagi kasbiy bilimlarini takomillashtirish.


Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi,ko‘nikma va
malakalariga qo‘yiladigan talablar
“O‘zbek xalq og’zaki ijodi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:

  • fanning maqsadi va vazifalari, o‘zbek xalq og’zaki ijodining tarixi, hududiy o‘ziga xosligi muammolari, tarkibiy qismlari, spetsifik xususiyatlari, milliy o‘ziga xosligi, dostonchilik maktablari va ijodkorlari, xalq og’zaki ijodining yirik namunalarini bilishi va malaka hosil qilishi;

  • xalq og’zaki ijodi namunalarini tahlil qila olishi, o‘z faoliyati va ilmiy-tadqiqot ishlarida xalq og’zaki ijodi bo‘yicha egallagan bilimlaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.



Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
Fan o‘quv rejasidagi o‘zaro bog’liq barcha ishlar psixologiya, pedagogika, o‘zbek adabiyoti tarixi bilan jips bog’lanishi kerak.


Fanning ta’limdagi o‘rni
“O‘zbek xalq og’zaki ijodi” fanini o‘rganish tinglovchilarga umumta’lim maktab o‘quvchilariga xalq og’zaki ijodi namunalari haqida umumiy ma’lumot berish, mazmun-mohiyatini etkazish, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini oydinlashtirish imkonini beradi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“O‘zbek xalq og’zaki ijodi” fanini o‘qitishda adabiy-badiiy adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, audio-video lavhalar, o‘quv filmlari, elektron vositalardan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol usullarni qo‘llash muhim ta’limiy ahamiyatga ega.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin