1-mavzu. “Xalq og’zaki ijodi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari (2 soat ma’ruzasi, 2 soat laboratoriya ishi) Xalq og’zaki ijodining xalq, millat qadriyatlari qatorida tutgan o‘rni. Xalq og’zaki ijodining tarixi, taraqqiyot bosqichlari, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. O‘zbek folklorining tarkibiy qismlari, janrlari, xalq ijodkorlari, folklorshunoslik faniga hissa qo‘shgan olimlar. Xalq og’zaki ijodi namunalari mahorat, aqliy (fikriy) kashfiyot namunalarining badiiy ifodasi. Mahorat va fikriy kashfiyot san’atning muhim belgilaridan biri xususida.
2-mavzu. Folklor turlari. O‘zbek folklorining asosiy janrlari. Xalq afsonalari, asotirlari, rivoyatlari (2 soat ma’ruzasi, 2 soat laboratoriya ishi) O‘zbek folklorining turlari, janrlari. Xalq afsonalari, asotirlari, rivoyatlari, naql atamalari haqida ma’lumot. Ularning umumiy va o‘ziga xos jihatlari. Afsona va rivoyatlar tasnifi. Insonparvarlik g’oyalari afsonalarning yaratilishida asos ekani. To‘maris va Shiroq rivoyatlarida Vatan mavzusi.
3-mavzu. Xalq ertaklari(2 soat ma’ruzasi, 2 soat laboratoriya ishi) Ertak xalq og’zaki ijodining eng qadimiy ommaviy janrlaridan biri ekani. Ertak janrini anglatuvchi atamalar. Ertakda xalq hayoti, orzu-istaklari, psixologik dunyosining aks etishi. Xalq ertaklarining janr xususiyatlari. Ertaklarning mazmuniga ko‘ra tasnifi. Hayvonlar haqidagi ertaklarda xalqning tabiat muhiti, mifologik dunyoqarash ildizlari haqidagi tasavvurlari ifodasi. “Susambil”, “Ovchi, ko‘kcha va dono”, “Bo‘ri bilan Tulki” ertaklarida mazmun va badiiyat. Sehrli ertaklarning hayot muammolari bilan munosabati. “Ur tuqmoq”, “Mohistara”, “Yoriltosh” ertaklari tahlili. Hayotiy maishiy ertaklarda ijtimoiy hayot muammmolari ifodasi. Ularda do‘stlik, mardlik, zakiylik, insonparvarlik kabi shaxs fazilatlarining ulug’lanishi. “Uch og’a-ini botirlar”, “Malikai Husnobod”, “Zolim podsho”, “Ziyod botir” kabi ertaklar tahlili. Badiiy adabiyotdagi epik tur haqida ma’lumot.